Bulg'or Islom akademiyasi
Xalqaro nomi |
Bolgar Islamic Academy |
---|---|
Asos solingan sanasi | 2017 |
Rektori | v.b. Temirxanov Aynur Axatovich |
Manzili | |
Veb-sayti | bolgar.academy |
Bulgʻor islom akademiyasi (tatarcha — Bolgar Islom akademiyasi) — Bulg'or (Tatariston) shahridagi taʼlim muassasasi boʻlib, Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi, Rossiya musulmonlari markaziy diniy boshqarmasi va Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]922 yilda Volga Bulg'oriyasi rasman islomni qabul qilgan. Ushbu tarixiy voqea koʻp asrlar davomida tatar xalqi maʼnaviy madaniyatining rivojlanishini belgilab bergan.
Tatariston prezidenti 2015-yil noyabr oyida Bulgʻor Islom akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.[1]. Uni yaratishdan asosiy maqsad mahalliy islom dini maktabini yaratish edi. Akademiyaning tashkil etilishi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.[2]. 2016-yilning 21-mayda, Volga Bulg'oriyasi tomonidan Islom dinini qabul qilgan sanasida, Akademiyaning oʻquv va turar-joy majmuasi poydevoriga yodgorlik toshini qoʻyishning tantanali marosimi boʻlib oʻtdi[3]. 2017-yil 20-mayda oʻquv va turar joy binosi hamda oʻqituvchilar va talabalar uchun 6 yotoqxonali korpuslar qurilishi yakunlandi.[4]. 2017-yil iyul oyida Oq masjid majmuasi Akademiya tasarrufiga oʻtkazildi. 2017-yil 4-sentabrda muassasaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.[5]
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitetda asosiy oʻqitiladigan fanlar: islom huquqi (fiqh), arab tili va adabiyoti, Qurʼon fanlari va hadisshunoslik.
Akademiyada taʼlim dastlab arab tilida olib boriladi, chunki Rossiya tomoni chet ellik mutaxassislarni jalb qilishiga toʻgʻri kelmoqda.
2020-yildan beri Akademiya oliy taʼlimning federal davlat taʼlim standarti boʻyicha „Ilohiyotshunoslik“ yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlamoqda.
Rahbarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]yillar | Rektor |
---|---|
2017—2019 | Isxakov, Kamil Shamilyevich (Prezident) |
2017—2019 | Muhametshin, Rafik Muhametshovich |
2019—2021 | Abdrahimov, Daniyar Mavliyarovich |
s 2021—h.v. | Temirxanov, Aynur Axatovich |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Указ Президента Республики Татарстан "О создании Болгарской исламской академии и воссоздании Собора Казанской иконы Божьей Матери"“. pravo.tatarstan.ru. 14-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Встреча с муфтиями централизованных религиозных организаций мусульман России и руководителями Болгарской исламской академии“ (ruscha). Президент России. 14-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Первый камень Болгарской исламской академии заложен в Татарстане“ (ruscha). Рамблер/новости. 14-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2021-yil.
- ↑ „В Татарстане завершено строительство Болгарской исламской академии“. ТАСС. 14-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Болгарская исламская академия торжественно открылась в Татарстане“ (ruscha). РИА Новости (4-sentyabr). 3-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2018-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Болгарская исламская академия — все новости и статьи по теме“ (ruscha). islam-today.ru. Qaraldi: 21-iyul 2021-yil.
- „Болгарская исламская академия торжественно открылась в Татарстане“ (ruscha). ria.ru. Qaraldi: 21-iyul 2021-yil.
- „«Болгарская исламская академия — не место для дискуссий?»“ (ruscha). www.business-gazeta.ru. Qaraldi: 21-iyul 2021-yil.
- „Болгарская исламская академия: где и как будут учить богословов“ (ruscha) (deadlink). 4-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- „Болгарская исламская академия планирует стать центром исламского образования в РФ“ (ruscha). tass.ru. Qaraldi: 21-iyul 2021-yil.
- „Болгарская исламская академия — новый стратегический партнер КФУ“ (ruscha). kpfu.ru. Qaraldi: 21-iyul 2021-yil.