Buitreraptor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buitreraptor (lotincha: "La Buitrera" — "yitqich“ degan maʼnoni anglatadi) — Bo'r davrining soʻnggi bosqichida, hozirgi Argentina hududia Kandeleros muhitida yashagan dromeozavrlar turkumiga kiruvchi dinozavr hisoblanadi. Buitreraptor tasviri ilk bor 2005-yilda tiklangan hamda Buitreraptor gonzalezorum deya nom berilgan. Hajmi va oʻlchami xo'roz kattaligida, ogʻzida koʻplab kichik, biroq oʻtkir tishlari boʻlgan. Boʻyni choʻziluvchan dinozavrlar sirasiga kirgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

MPCA 245 va MPCA 238 namunalarining skelet kompozitsiyasi

Buitreraptorning toʻrttala namusi ham 2004-yilda Argentinaning Patagoniya shahrida joylashgon qum bilan toʻlgan maydondan topilgan. Qazishmalar Fundasion Feliks de Azara-Maimonides universitetining CONICET tadqiqotchisi boʻlmish Sebastian Apesteguia va Chikagoda joylashgan dinozavrlar muzeyi kuratori Piter Makoviski boshchiligida olib borilgan. Buitreraptor Bo'r davrining soʻnggi qismi — miloddan avvalgi 98-97 mingyilliklardagda, bugungi Janubiy Amerika va Avstraliya materiklari bir qitʼa boʻlgan paytda yashagan mavjudotdir. Ushbu dinozavr qoldiqlari La Buitrera nomi ostidagi, hozirda mashhur boʻlgan, qazilma joyidan topilgan. Bu makondan yangi topilmalar har doim ham topilavermasa-da, qazilmalar olib borilgan ushbu joy yaqinida yana bir dinozavr — Gigantozavr suyaklari topilgan[1].

Buitreraptor gonzalezorum — Buitreraptor turkimidagi zavrlar ichra mavjud yagona maʼlum tur hisoblanadi. Ushbu nom jonzotga Piter Makoviski, Sebastyan Apesteguia va Federiko Agnolin tomonidan tanlangan. Dinozavrga berilgan ushbu nom „yitqich tulpor“ degan maʼnoni anglatadi, ispancha " buitre " tulpor soʻzidan, La Buitrera, va lotincha ''raptor'' „yirtqich“ degan maʼnoni anglatadi. Namunaviy qazilma holotipi — MPCA 245, bosh suyagi oʻrta yoshli odam boch chanoq suyagi hajmicha keladi[1]. Holotipning bosh suyagi 2017-yilda[2] batafsil tasvirlangan boʻlsa, 2018-yilda ushbu jins anatomiyasi boʻyicha koʻplab yangi maqolalar chop etilgan. Yaratilgan maqolalar ichiga topilgan yangi namunalarning umumiy tavsifi[3], jins anatomiyasi boʻyicha tadqiqot[4] va bir nechta namunalar postkraniyasining umumiy koʻrinishi kiradi[5].

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odam va Buitreraptor — taqqoslov

Buitreraptor juda kichik dinozavrlardan biri hisoblanadi. 2010-yilda olim Gregori S. Pol tadqiqotlar natijasida zavrning uzunligini 1,5 metr, ogʻirligini esa 3 kilogramm deb tavsiflagan[6]. Buitreraptor Velociraptor kabi odatiy shimolda yashovchi dromeozavrlardan tubdan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Ushbu jonzot nozik va tekis teri, choʻziq va uzun tumshuqqa ega boʻlib, ogʻzida juda koʻp miqdorda mayda, shunga qaramay, ancha oʻtkir tishlarga ega boʻlgan[7]. Ushbu tavsifdan kelib chiqib, dastlab uni tasvirlab bergan olimlar bu dinozavr boshqa dromeozavrlar kabi nisbatan yirik hayvonlar bilan emas, balki kaltakesaklar va kichik sutemizuvchilar kabi hayvonlar bilan oziqlanadi degan xulosaga kelishgan. Buitreraptorning uzun old oyoqlari va ingichka uch barmoqli qoʻllari boʻlgan. Tanasida qovurgʻalari juda kam boʻlgan.Oyogʻidagi ikkinchi barmogʻi uzun oʻroqsimon pichoq koʻrinishini hosil qilgan. Buitreraptorda patlar boʻlganligi haqida hech qanday qazilma va topilma maʼlumotlari uchramaydi. Biroq, Mikroraptor va Sinonitazavr kabi qarindoshlar boʻlganligi tufayli, ularning tuklari saqlanib qolgan qoldiqlari maʼlum, Beitreraptordan ham patlar mavjud degan xulosaga kelishgan.

Karlos Amegino viloyati muzeyida MPCA 245 golotipining qayta tiklangan skeleti.

Ushbu dinozavr kashf etilgani olimlar orasida parvoz qiluvchi qushlar va dromeozavrlar mustaqil ravishda rivojlangan boʻlishi mumkinmi yoki qandaydir uchuvchi umumiy ajdoddan kelib chiqqanmi degan savol tugʻilishiga ham sabab boʻlgan. Baʼzi olimlar Buitreraptorning qarindoshi Rahonavis ucha olgan deya hisoblashadi. Biroq, boshqa dromeozavrlarda parvoz qobilyatiga oid aniq dalillar topilmagan. Ushbu paradoks baʼzi olimlarning, agar Rahonavis haqiqatan ham ucha oladigan jonzot boʻlgan boʻlsa, dromeozavrlar qushlardan mustaqil ravishda parvoz qilish qobilyatiga ega boʻlishganligini taklif qilishga tutrki boʻldi. Yaʼni ushbu nazariya maʼnosi shundaki, dromezavrlar ucha olishgan boʻlsa ham, ular va qushlar orasida yaqin qarinshodlik boʻlmaganini bildiradi[8].

Evolyutsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tiklangan Buitreraptorning tahminiy koʻrinishi

Buitreraptordan tashqari, janubiy qitʼalardan topilgan boshqa bir dromeozav turlari ham mavjud. Bular:

Janubiy Amerikadan Neukenraptor, Austroraptor va Unenlagiya (2005-yilda kashf etilgan), Madagaskardan Rahonavis (avval boshida haqiqiy qush deb hisoblangan). Janubiy yarimshardagi ushbu kashfiyot olimlarga dromeozavrlar oilasi ilgari oʻylanganidan koʻra butun dunyo boʻylab keng tarqalganligini aniqlashga yordam berdi. Dalillar shuni koʻrsatadiki, dromeozavrlar birinchi marta yura davrida, barcha qitʼalar oʻzaro juda yaqin boʻlgan davrda paydo boʻlgan. Buitreraptor kashf etilishi bilan olimlar dromeozavrlar taxminan 180 million yil oldin, Pangeya parchalanishidan oldin paydo boʻlgan deb taxmin qilishdi[9]. Biroq, boshqa paleontologlar keyingi tadqiqotlarda Dromozavridning kelib chiqish vaqtini taxminan 160 million yil oldin deb belgilashdi[10].

Olimlar avval boshida dromeozavrlar shimolda qadimgi Lavraziya qitʼasida paydo boʻlgan va boʻr davrida janubiy Gondvanaga koʻchib oʻtgan degan muqobil tahminga egalar. Chunki janubiy yarimsharda maʼlum boʻlgan turlar shimoliy qarindoshlariga xos boʻlmagan oʻziga xos xususiyatlarga egadirlar.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Makovicky, Peter J.; Apesteguía, Sebastián; Agnolín, Federico L. (2005). „The earliest dromaeosaurid theropod from South America“. Nature. 437-jild, № 7061. 1007–1011-bet. Bibcode:2005Natur.437.1007M. doi:10.1038/nature03996. PMID 16222297.
  2. Gianechini, Federico A.; Makovicky, Peter J.; Apesteguía, Sebastián (2017-01-02). „The cranial osteology of Buitreraptor gonzalezorum Makovicky, ApesteguÍa, and AgnolÍn, 2005 (Theropoda, Dromaeosauridae), from the Late Cretaceous of Patagonia, Argentina“. Journal of Vertebrate Paleontology (inglizcha). 37-jild, № 1. e1255639-bet. doi:10.1080/02724634.2017.1255639. ISSN 0272-4634.
  3. Novas, Fernando E.; Brissón Egli, Federico; Agnolin, Federico L; Gianechini, Federico A.; Cerda, Ignacio (2018-03-01). „Postcranial osteology of a new specimen of Buitreraptor gonzalezorum (Theropoda, Unenlagiidae)“. Cretaceous Research (inglizcha). 83-jild. 127–167-bet. doi:10.1016/j.cretres.2017.06.003. ISSN 0195-6671.
  4. Motta, Matías J.; Brissón Egli, Federico; Novas, Fernando E. (2018-03-01). „Tail anatomy of Buitreraptor gonzalezorum (Theropoda, Unenlagiidae) and comparisons with other basal paravians“. Cretaceous Research (inglizcha). 83-jild. 168–181-bet. doi:10.1016/j.cretres.2017.09.004. ISSN 0195-6671.
  5. Gianechini, F. A.; Makovicky, P. J.; Apesyeguía, S.; Cerda, I. (2018). „Postcranial skeletal anatomy of the holotype and referred specimens of Buitreraptor gonzalezorum Makovicky, Apesteguía and Agnolín 2005 (Theropoda, Dromaeosauridae), from the Late Cretaceous of Patagonia“. PeerJ. 6-jild. e4558-bet. doi:10.7717/peerj.4558. PMC 5875404. PMID 29607264.
  6. Paul, G.S., 2010, The Princeton Field Guide to Dinosaurs, Princeton University Press p. 139
  7. Gianechini, F.A.; Makovicky, P.J; Apesteguía, S. (2011). „The teeth of the unenlagiine theropod Buitreraptor from the Cretaceous of Patagonia, Argentina, and the unusual dentition of the Gondwanan dromaeosaurids“. Acta Palaeontologiya Polonica. 56-jild, № 2. 279–290-bet. doi:10.4202/app.2009.0127.
  8. New Scientist: „Feathered flight, so good they did it twice?“, 15-10-2005.
  9. EurekAlert!: „Newly discovered birdlike dinosaur is oldest raptor ever found in South America: Relative of Velociraptor rewrites evolutionary charts“, 12-10-2005.
  10. Hu, D.; Hou, L.; Zhang, L.; Xu, X. (2009), „A pre-Archaeopteryx troodontid theropod from China with long feathers on the metatarsus“, Nature, 461 (7264): 640–643, Bibcode:2009Natur.461..640H, doi:10.1038/nature08322, PMID 19794491

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]