Suv bugʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suv bugʻi — suvning gazeimon holati. Suvning suyuq holatdan gazeimon holatga oʻtishi natijasida hosil boʻladi. Suv bugʻini: bugʻning muallaq holatdagi suv tomchilari bilan aralashmasidan iborat hoʻl toʻyingan bug; namlik aralashmalaridan tozalangan quruq toʻyingan bugʻ; muayyan bosimdagi toʻyinish temperaturasidan yuqori traga ega boʻlgan oʻta qizdirilgan bugʻlarga ajratish mumkin. Bir xil bosimdagi toʻyingan bugʻ va oʻta qizdirilgan bugʻlar tralarining farqi oʻta toʻyinganlik darajasi deb ataladi. Toʻyingan va oʻta qizdirilgan Suv bugʻidan, xususan, bugʻ mashinalarida, bugʻ turbinalarida ish jismi, isitish tizimlarida issiklik tashuvchi sifatida foydalaniladi. Kumir, neft, gaz kabi organik yoqilgʻilarning yonishida ajraladigan issiklik, ogʻir elementlar yadrolarining boʻlinishida ajraladigan energiya hamda elektr tokining oʻtishi natijasida vujudga keluvchi issikliklardan foydalanib bugʻ generatorlarida Sb. hosil qilinadi. Zamonaviy katta bugʻ qozonlarining f.i.k. 95 foizgacha yetadi. Odatda, katta masshtabli energetik inshootlarda quyidagi parametrlarga ega boʻlgan Sb. ishlatiladi. Toʻyingan Suv bugʻining fizik xossalari faqat uning temperaturasiga bogʻliq. Toʻyinmagan Suv bugʻining fizik xossalari esa uning temperaturasi va qanday bosim ostida turganligiga bogʻliq. Ideal gaz va bosim nolga intilgan sharoitda Sb. uchun z birga teng . Tra oʻzgarmas boʻlgan sharoitda bosimning 300 atm gacha ortib borishida z ning kamayishi kuzatiladi. Bu kamayish toʻyinish sharoitiga yaqinlashganda juda kuchayib ketadi. Suv bugʻining yopishqokligi, bosim oʻzgarmas boʻlgan sharoitdagi issiklik sigʻimi va issiklik oʻtkazuvchanligi, bosimning kichik qiymatlarida tra koʻtarilishi bilan ortib boradi. Ammo traning katta qiymatlarida bu bogʻlanishlar murakkab harakterga ega boʻladi. Bu maʼlumotlar asosida bosim va traning juda keng diapazonlarida Suv bugʻining termodinamik xossalari yoritilgan jadvallar tuzilgan.