Brigadeiro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brigadeiro

An'anaviy braziliya brigadeiro shirinligi
Milliy oshxona Braziliya oshxonasi
Asl nomi Negrinho
Muallifi Heloísa Nabuco de Oliveira
Yaratilgan yili 1946-yil
Asosiy komponentlari Shokolad, quyultirilgan sut, kakao kukuni, sariyog‘

Brigadeiro (port. Brigadeiro — 1946-yilda Rio-de-Janeyrodagi qandolatchi Haloisa Nabuko de Oliveyra tomonidan yaratilgan anʼanaviy braziliya shirinligi[1] . Brigadeiro quyultirilgan sut, kakao kukuni, sariyog‘ va tashqi qatlamni qoplaydigan shokolad parchalari bilan tayyorlanadi[2][3].

Yaratilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Brigadeiro" nomining kelib chiqishi 1946-yilda Braziliya prezidentligiga Milliy demokratik ittifoq nomzodi brigadir Eduardo Gomesning prezidentlik kampaniyasidan kelib chiqqan. Brigadeiro nomzodini qo‘llab-quvvatlagan Haloisa Nabuko de Oliveyra yangi shirinlikni yaratadi va uni nomzod nomi bilan ataydi. Doce de brigadeiro (Brigadirning shirinligi) tezda butun mamlakat boʻylab mashhur boʻldi. Keyinchalik uning nomi shunchaki „brigadeiro“ ga qisqartirildi. Shunga qaramay, nomzod Eduardo Gomes saylovda mag‘lub bo‘ldi va general Euriku Gaspar Dutra Braziliya prezidenti bo‘ldi[4].

Zamonaviylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda brigadeiro butun Braziliyada keng tarqalgan mashhur shirinlikdi. Brigadeira odatda uyda tayyorlanadi, lekin uni koʻplab novvoyxonalar va kafelarda ham topish mumkin.

Gallery[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Viaro, Mário Eduardo „O doce enigma do brigadeiro“ [The sweet enigma of the brigadeiro] (pt-br). Editora Segmento (2012-yil aprel). 2012-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
  2. Motter, Juliana. Livro do Brigadeiro. Panda Books, 2010. 
  3. Cardoso, Barbara „A 'brief' Brigadeiro History“. Sweet Stone (2016-yil 21-iyul). Qaraldi: 2021-yil 29-may.
  4. „Muito bem organizadas as manifestações no Dia da Paz“ (pt-br). Diário de Cuiabá (2000-yil 11-iyul). 2019-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-avgust.