Brewster qonuni
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |

Brewster qonuni (talaffuzi: Bryuster) — dielektrikning sindirish koʻrsatkichi bilan tabiiy (qutblanmagan) yorugʻlikning uning sirtiga tushish burchagi orasidagi bogʻlanishni ifodalovchi munosabat. Tushish burchagi Brewster burchagi deb ataladi va tg(a)=n sharti bajarilganda dielektrik sirtdan qaytgan yorugʻlik faqat tushish tekisligiga perpendikulyar tekislikda qutblangan boʻladi.
Havoda sinish qonuni (g sinish burchagi) boʻlgani uchun Brewster qonunidan cos(n)=sin(g), yoki f+g=90°. Demak, singan va qaytgan nurlar orasidagi burchak 90° boʻladi. Brewster qonunidan qutblangan yorugʻlik hosil qilishda, moddaning sindirish koʻrsatkichini aniqlashda foydalaniladi. Brewster qonuni 1815-yilda shotlandiyalik fizik David Brewster tomonidan topilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
| Fizikaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |