Antenna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Antenna (lotincha: antenna – hashorat moʻylovi) – elektromagnit toʻlqinlarini fazoga tarqatuvchi (uzatuvchi antenna) yoki qabul qiluvchi (qabul qiluvchi antenna) qurilma. Har qanday uzatuvchi antennani qabul qiluvchi antenna oʻrnida yoki, aksincha, qabul qiluvchi antennani uzatuvchi antenna oʻrnida ishlatish mumkin, chunki ularning hamma elektr xususiyatlari bir xil. Uzatuvchi antenna uzatgich moslama energiyasini elektromagnit toʻlqinlari energiyasiga, qabul qiluvchi antenna elektromagnit toʻlqinlari energiyasini yuqori chastotali tok energiyasiga aylantiradi. Bundan tashqari, uzatuvchi antenna energiyani muayyan tekislik va yoʻnalishda tarqatish xususiyatiga, qabul qiluvchi antenna turli yoʻnalishdan keluvchi toʻlqinlarni saralash xususiyatiga ega boʻladi. Qabul qiluvchi antennaning bu xususiyati yoʻnalish boʻyicha tanlash deyiladi. Antennaning ishlash tarzi ochiqtebranish konturining elektromagnit toʻlqinlarini tarqatishiga asoslangan.Chastotalar diapazoniga qarab antennalar uzun, oʻrta, qisqa va ultraqisqa toʻlqin antennalariga boʻlinadi. Antennalarning tuzilishi va shakli ularning qanday maqsad uchun moʻljallanganligiga bogʻliq. Uzun va oʻrta toʻlqin antennalarining asosi yetarlicha uzun (va baland), tik oʻrnatilgan oʻtkazgichdan iborat. Past chastotalar diapazoni uchun moʻljallangan antennalar simlardan yasalgan murakkab moslama (1-rasm), yuksak va ultrayuksak chastotalar diapazoni uchun moʻljallangan antennalar linza va karnay shaklidagi moslamadir. Vazifasiga koʻra, antennalar quyidagi guruhlarga boʻlinadi: a) radioeshitirish stansiyalari antennasi; b) radioaloqa stansiyasi antennasi; v) televizion antennalar; g) radiolokatsiya va radiotelemexanika antennalari; d) radioastronomiya antennasi. Bu antennalarning tuzilishi bir-biridan farq qilishiga qaramay, barchasida simmetrik yoki simmetrikmas vibrator boʻladi. Simmetrik vibrator oʻzaro teng ikkita oʻtkazgich boʻlib, ularning bir uchiga oʻtkazgich yoki priyomnikdan keladigan fider liniyasi ulanadi. Oʻtkazgichning uzunligi uzatilayotgan radiotoʻlqinlar uzunligining yarmiga (oʻlcham yarim toʻlqin uzunligiga) teng boʻlgan vibratorlar antenna texnikasida koʻp ishlatiladi. Simmetrikmas vibrator faqat bitta oʻtkazgichdan iborat. Shuning uchun fider liniyasining ikkinchi uchi yerga ulanishi kerak. Koʻrsatkichlari: yoʻnalganlik diagrammasi, kuchaytirish koeffitsiyenti, tarqatilgan toʻlqinlarning qutb tekisligi, f.i.k., ta’sir balandligi va hokazo Tuzilishiga koʻra, antennalar gorizontal, vertikal, magnitli, qiya, rombsimon, parabolik, dielektrikli va hokazo xillarga boʻlinadi. Olisdagi stansiyalardan signallarni qabul qilishda va uzatishda gorizontal hamda vertikal antennadan, kichik ("choʻntak") va koʻtarib yuriladigan radiopriyomniklarda signallarni qabul qilishda magnitli antennadan (3-rasm) foydalaniladi. Magnitli antenna radiotoʻlqinlarning magnitli tashkil etuvchilarini yaxshi sezadi. Bunday antenna magnit material (ferrit) dan yasalgan sterjendan iborat boʻlib, unga priyomnik tebra-nish konturining induktivlik gʻaltagi oʻrnatilgan. Ult ra qisqa toʻlqinlarda ancha murakkab yoʻnaltirilgan antennadan foydalaniladi. Ular metall sterjenlarga simmetrik mahkamlanib botiq koʻzgular koʻrinishida yasaladi. Qisqa toʻlqin tarqatuvchi va kdbul qiluvchi eng sodda antenna oʻlchami yarim tulkin uzunligiga teng simmetrik vibratordir. Vibrator energiyani asosan gorizontga nisbatan biror burchak ostida oʻtuvchi tekislikda tarqatadi (vibrator oʻz oʻqi va yer sirti boʻylab energiya tarqatmaydi), vibratorning yoʻnalganligi juda kam. Vibratorning yoʻnalganligini orttirish uchun koʻp qavatli sinfaz va rombsimon Alar yasaladi. Koʻp qavatli sinfaz antenna gorizontal joylashgan, ikki boʻlagining oʻlchami yarim toʻlqin uzunligiga teng vibratorlardir. Ulardan bitgasi tarqatgich, ikkinchisi qaytargich hisoblanadi. Qaytargich vibrator toʻlqinni bir tomonlama tarqatadi. Rombsimon A simdan yasalgan va keng toʻlqin diapazonida ishlaydi. Antennalar metr, desimetr, santimetrli toʻlqinlar antenna siga boʻlinadi, mas, shleyf antenna va direktorli antennalar (4-rasm). Shleyf antenna uchlari tutashtirilgan, parallel joylashgan, oʻlchami yarim toʻlqin uzunligiga teng 2 ta vibratordan tuzilgan. Direktorli antenna esa gorizontal tekislikda joylashgan faol (aktiv) va sust (passiv) vibratorlardir. Oʻlchami yarim toʻlqin uzunligiga teng vibrator yoki shleyf antenna faol tarkatgich vazifasini ba-jaradi. Udiametri yetarlicha katta, yaxlit yoki naysimon silindrik oʻtkazgichdan yasaladi. Suct vibratorlar (old tomonda – direktor, or-qada – reflektorlar)ning boʻlishi antennaning yoʻnalganligini oshiradi. U tor polosalidir. Optik turdagi antennalar – koʻzgu va linzalar san-timetrli toʻlqinlar antennalariga kiradi. Koʻzgu metalldan, linza dielektrikdan yasaladi. Ular qaytargich (projektorlarning koʻzgusi kabi) vazifasini bajaradi va sferik (silindrik) toʻlqinga ay-lantiradi. Bunday antennalar radiolokatsiya, 546radioastronomiya va radioreley aloqada keng ishlatiladi (qarang Radiolokatsiya).Radioreleyli aloqada, kosmik radioaloqada, radioastronomiya va boshqa sohalarda oʻta yuqori chastotali parabolik antenna keng tarqalgan. U parabola shaklidagi metall koʻzgu va tarkatgichdan iborat (qarang Aloqa). Tarqatgich sifatida kucheiz yoʻnaltirilgan antenna (karnaylar, kichik reflektorli vibratorlar, spirallar va boshqalar) ishlatiladi.Energiyani biror fazoviy burchak-ka toʻplab tarqatish xususiyati antennaning yoʻnalganligi deyiladi. U yoʻnalish dia-grammasi (Antenna )da ifodalanadi. Antennaning f.i.k. koʻpaytmasi antennaning kuchaytirish koeffitsiyenti deyiladi. Radioeshitti-rish va televideniyeni antennalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Ular imkoni boricha baland quriladi. Oʻzbekiston, Rossiya, Fransiya, Angliya va boshqa mamlakatlarda eng baland teleantennalar bor. Mas, Moskvadagi Ostankino teleminorasining balandligi 533,3 m, Toshkentdagi teleminoraning balandligi 375 m.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil