Aloqa kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aloqa kanali – uzatuvchi mos-lamadan qabul qiluvchi moslamaga turli ma’lumotlar uzatishni ta’minlovchi texnik qurilmalar to‘plami. Uzatuvchi moslama axborotni signalga aylantirib, Aloqa kanalining kirish qismiga uzatadi, qabul qilingan signal bo‘yicha Aloqa kanali chiqishida qabul qiluvchi moslama uzatilgan axborotni qayta eshittiradi. Uzatuvchi moslama, Aloqa kanali va qabul qiluvchi moslama aloqa tizimini hosil qiladi. Aloqa tizimi vazifasiga ko‘ra, telegraf, tovush eshittirish, televizion, fototelegraf (faksimil), telegraf, telemetrik va boshqalarga; signallar tarziga ko‘ra, uzluksiz va diskretli xillarga bo‘linadi. Uzatish trakti sifatida turli liniyalar (simli, radio, radioto‘lqinli va boshqalar)dan foydalaniladi. Bir Aloqa kanali da bir necha aloqa lini-yasi bo‘lishi mumkin.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil