Ionosfera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ionosfera (ionlar ... va yun. sphaira — shar) — atmosferaning ionlar va erkin elektronlar konsentratsiyasi koʻp boʻlgan yuqori qatlami. Yerdan 50– 80 km balandlikdan boshlanadi. Kun-duzi I. asosi 50–60 km balandlikda, kechasi 80–85 km balandlikda yotadi. I.ning yuqori chegarasi — Yer magni-tosferasining tashki qismi. I.da, asosan, kuyoshning ultrabinafsha va rentgen nurlari, kosmik nurlanishlar taʼsirida ionlar hosil boʻladi. Yer atro-fidagi kosmik fazodan atmosferaga kirayotgan zarralar oqimi Yerning magnit maydoni taʼsirida qisman oʻz yoʻnalishini vintsimon oʻzgartirib, atmosferaning atom va molekulalarini ionlashtiradi. I.da elektronlar va ionlar soni teng boʻladi. Kosmik raketa yordamida olingan maʼlumotlarga koʻra, I. chegarasi yer sathidan taxminan 18— 25 ming km balandlikkacha davom etishi aniqlandi (yana q. Atmosfera). Fakat I. tufayli radiotoʻlqinlarni uzok, masofalarga uzatish mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil