Brewster qonuni
(Bryuster qonunidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation
Jump to search
Brewster qonuni — dielektrikning sindirish koʻrsatkichi bilan tabiiy (qutblanmagan) yorugʻlikning uning sirtiga tushish burchagi orasidagi bogʻlanishni ifodalovchi munosabat. Tushish burchagi Brewster burchagi deb ataladi va tg(f)=p sharti bajarilganda dielektrik sirtdan qaytgan yorugʻlik faqat tushish tekisligiga perpendikulyar tekislikda qutblangan boʻladi.
Havoda sinish qonuni (g sinish burchagi) boʻlgani uchun Brewster qonunidan cos(p)=sin(g), yoki f+g=90°. Demak, singan va qaytgan nurlar orasidagi burchak 90° boʻladi. Brewster qonunidan qutblangan yorugʻlik hosil qilishda, moddaning sindirish koʻrsatkichini aniqlashda foydalaniladi. Brewster qonuni 1815-yilda shotlandiyalik fizik Sir David Brewster tomonidan topilgan.
Manbalar[tahrir]
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |