Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi
Davlat Braziliya bayrogʻi Braziliya
Konfederatsiya CBF
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 3-darajali
Tashkil etilgan 2021-yil 18-may
Jamoalar soni 32 ta
Yuqori liga Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi
Amaldagi chempion AD Taubaté (1-marta)
Eng koʻp marta chempion AD Taubaté amaldagi yagona chempion
TV hamkorlar Rede Bandeirantes
Mycujoo telekanallari
Twitter
Veb-sayt Official website
Amaldagi oʻyin 2022-yilgi mavsum Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi

Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi (ispan: Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A3, yaʼni Braziliya ayollar milliy uchinchi darajali chempionati) — CBF tomonidan oʻtkaziladigan har yili oʻtkaziladigan Braziliya ayollar klublari oʻrtasidagi futbol turniri.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 18-may kuni Braziliya Futbol Federatsiyasi (CBF) Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi tashkil etilganini eʼlon qildi[1][2]. Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A2)da vujudga kelayotgan salbiy holatlar tufayli tashkil etilgan. Chunki Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi Braziliya ayollar klublari uchun xuddi „komfort zonasi“ga aylanib qolgandi. Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasida yuqori natija koʻrsatgan 2 jamoa yuqori liga (Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi)ga chiqish imkoniyati bor edi-yu, lekin hech bir jamoa Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasidan pastga tushib ketmasdi. Shu holatni bartaraf etish uchun Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi tashkil etilgan. Lekin hzoriga qadar faqat ilk mavsumini oʻtkazgan Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasida hali bu tartib joriy etilmagn. Lekin kelgusi 2023-yilgi Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi mavsumida yuqoridagi tartib joriy etilishi kutilmoqda[3].

Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi mavsumlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 27 shtatning har biridan bittadan vakil;
  2. Eng yaxshi federatsiya klubi (Federatsiyalar milliy reytingiga koʻra aniqlanadi)[4];
  3. Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1) va Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A2)da hali mavjud boʻlmagan Braziliya Futbol Federatsiyasi reytingidagi eng yaxshi 4 ta jamoa
  • Jami 32 ta jamoa

2023-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 27 shtatning har biridan bittadan vakil;
  2. Eng yaxshi federatsiya klubi (Federatsiyalar milliy reytingiga koʻra aniqlanadi)
  3. Oʻtgan yilgi Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasida eng yomon natija koʻrsatgan 4 ta jamoa.
  • Jami 32 ta jamoa

Chempion jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi chempion jamoasi haqida maʼlumot keltrirlgan.

Yil Chempion Ikkinchi oʻrin
2022 AD Taubaté 3B da Amazoniya

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]