Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi
Davlat Braziliya bayrogʻi Braziliya
Konfederatsiya CBF
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 2-darajali
Tashkil etilgan 2017-yil
Jamoalar soni 16 ta
Yuqori liga Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi
Pastki liga Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi
Ichki kuboklar Supercopa do Brasil de Futebol Feminino kubogi
Amaldagi chempion Ceará (1-marta)
TV hamkorlar Rede Bandeirantes
Mycujoo telekanallari
Twitter
Veb-sayt cbf.com.br/competicoes/brasileiro-feminino-a2
Amaldagi oʻyin 2022-yilgi mavsum Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi

Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi (ispan: Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A2, yaʼni Braziliya ayollar milliy chempionati ikkinchi darajali) — CBF (Braziliya Futbol Federatsiyasi) tomonidan oʻtkaziladigan har yilgi Braziliya ayollar klublari oʻrtasidagi futbol turniri.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi yarim finalchi jamoalari Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1)ga koʻtariladi. Ishtirokchi jamoalarni taqsimlash CBF Ayollar futboli reytingi boʻyicha boʻladi va 2018-yildan boshlab ishtirokchilarni aniqlashning dastlabki bosqichini bahslashadigan davlat vakillari tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birgalikda 2021-yil 18-may kuni Braziliya Futbol Federatsiyasi (CBF) Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi tashkil etilganini eʼlon qildi[1][2]. Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A2)da vujudga kelayotgan salbiy holatlar tufayli tashkil etilgan. Chunki Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi Braziliya ayollar klublari uchun xuddi „komfort zonasi“ga aylanib qolgandi. Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasida yuqori natija koʻrsatgan 2 jamoa yuqori liga (Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi)ga chiqish imkoniyati bor edi-yu, lekin hech bir jamoa Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasidan pastga tushib ketmasdi. Shu holatni bartaraf etish uchun Braziliya ayollar futboli A3 Seriyasi tashkil etilgan[3].

Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi mavsumlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Braziliya Futbol Federatsiyasi ayollar futboli reytingida hali Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1 (Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi)ga kirmagan eng yaxshi 16 jamoa qatnashdi[4].
  • 16 ta jamoa (jami boʻlib)

2018-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻtgan yilgi Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1)da 2 ta eng yomon natija koʻrsatgan jamoa
  2. Boshqa shtatlarda bittadan vakil bor jamoa.
  • 29 ta jamoa (jami boʻlib)

2019-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻtgan yilgi Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1)da 2 ta eng yomon natija koʻrsatgan jamoa
  2. 27 shtatning har biridan bittadan vakil;
  3. Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1da hali mavjud boʻlmagan Braziliya Futbol Federatsiyasi reytingidadagi eng yaxshi 7 jamoa[5].
  • 36 ta jamoa (jami boʻlib)

2020-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻtgan yilgi Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1)da 4 ta eng yomon natija koʻrsatgan jamoa
  2. 27 shtatning har biridan bittadan vakil;
  3. Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1da hali mavjud boʻlmagan Braziliya Futbol Federatsiyasi reytingidadagi eng yaxshi beshta jamoa.
  • 36 ta jamoa (jami boʻlib)

2021-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻtgan yilgi Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1)da 4 ta eng yomon natija koʻrsatgan jamoa;
  2. 27 shtatning har biridan bittadan vakil;
  3. Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1da hali mavjud boʻlmagan Braziliya Futbol Federatsiyasi reytingidadagi eng yaxshi beshta jamoa
  • 36 ta jamoa (jami boʻlib)

2022-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻtgan yilgi Braziliya ayollar futboli A1 Seriyasi (Campeonato Brasileiro de Futebol Feminino Série A1)da 24 ta eng yomon natija koʻrsatgan jamoa
  2. Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi ning qolgan 12 ta jamoasi[6].
  • 16 ta jamoa (jami boʻlib)

Chempion jamoalar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida Braziliya ayollar futboli A2 Seriyasi (Campeonato Brasileiro Série A2) chempion jamoalari roʻyxati keltirilgan:[7]

Mavsum Chempion Ikkinchi oʻrin
2017 Pinheirense
Portuguesa
2018 Minas Brasília
Vitória
2019 São Paulo
Cruzeiro
2020 Napoli
Botafogo
2021 Red Bull Bragantino
Atlético Mineiro
2022 Ceará
Athletico Paranaense

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]