Bragi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bragi va rafiqasi Idun. Nils Blommer asari, XIX-asr

Bragi, qadimgi nors tilida yaratilgan manbalarda bilimdon shoir sifatida tasvirlanadi. Odinning Valhalladagi zalida þulr(Thool-ur deb oʻqiladi) deya chaqiriladi. Etimologiyasi Vikinglarning "Braga-man va Braga-woman soʻzlaridan kelib chiqqan. Bu ikki soʻz shoir degan maʼnoni bildiradi. Bragi Skandinav xalqlarining mifologiyasiga koʻra sheʼr hamda musiqa xudosi sifatida bilinadi. Xudo Odin va dev Gunnlod (Gunnlöð)ning farzandidir. Vikinglar davridan qolgan qoʻshiqlarda uning Einherjarlar bilan birga vaqt oʻtkazishi aytib oʻtiladi. Bundan tashqari halok boʻlgan qahramonlarni Valhallada kutib oladi.[1]

Qadimgi nors tilidagi manbalarda Bragi haqida unchalik ham koʻp maʼlumot uchramaydi. Bizga maʼlum manbalarda uzun soqolli sifatida taʼriflanadi. Skandinav xalqlariga oid „Eddic“ sheʼrida aytilganidek, goʻzal misralar yozib, uni oʻzi ijro qiladi. Bragi Vikinglar davridagi juda koʻplab insonlarga ilhom manbasi boʻlib xizmat qiladi. Shuning uchun ham u davrda Bragi taxallusi ostida koʻplab insonlar ijod qilishgan. Shulardan biri Ragnar Lothbrokga xizmat qilgan Bragi Boddasondir. Yoshlik ilohasi Idunn(Iðunn) Bragining xotini sifatida manbalarda qayd qilinadi. U Aesir bilan Asgardda yashaydi. Odin qahramonlarni Valhallada madh qilish uchun Bragini tanlab olgan deb tasavvur qilinadi.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. John Lindow, „Narrative worlds, human environments, and poets: The case of Bragi“, in Old Norse Religion in Long-Term Perspectives: Origins, Changes, and Interactions, ed. Anders Andrén, Kristina Jennbert and Catharina Raudvere, Vägar till Midgård 8, Lund: Nordic Academic Press, 2012, ISBN 9789187121159, pp. 21—25, p. 21.
  2. Keleş, Ahmet „İskandinav Mitolojisi: Bragi, Şiir Ve Müzik Tanrısı“. https://dokuzdiyar.com. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.

Qo'shimcha adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]