Boydibek (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Boydibek tumanidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Boydibek tumani
Бәйдібек ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Janubiy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Shayan
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Kenjebekov Sadiqbek Oʻngʻarovich
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2013) 54,285[1]
Zichligi 7,5 kishi./km²
Maydoni 7 200 km²
Boydibek tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72548[2]
Avtomobil raqami kodi X, 13

Boydibek tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining markaziy qismida joylashgan. Maydoni 7,2 ming km2 (viloyat hududining-6,1 %). Aholisi 54,285 kishi. Tuman markazi — Shayan qishloʻgi. Tuman 1965-yilgacha Shayan, 1996-yilgacha Olgʻabos tumani deb nomlanib keldi.

Aholisi[tahrir]

Tuman aholisi 54,285 kishi. Tuman aholisining oʻrtacha zichligi 1 km 2 7,5 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Aholisining asosiy qismini — qozoqlar tashkil qildai, shuningdek ruslar, oʻzbeklar va boshqa 18 ta millat vakillari istiqomat qilishadi.

Katta qishloqlari[tahrir]

  • Shayan
  • Aqbastau
  • Boʻralday
  • Aqtas
  • Aqmeshit
  • Jariqbas
  • Baydibek ota
  • Maybulaq
  • Shaqpaq
  • Mingbuloq
  • Tanatar
  • Kenestoʻbe

Iqlimi[tahrir]

Iqlimi kontinental. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati −4-6 °C, iyulniki 25-28 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250–300 mm, togʻli hududlarda 400–500 mm.

Iqtisodiyot[tahrir]

Tumanda qishloq xoʻjaligi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan, tumandan: sut, goʻsht, gʻalla mahsulotlari boshqa hududlarga sotuvga chiqariladi.

„Qizil koʻprik“ — tarixiy obidalari[tahrir]

Qizil koʻprik — 1886-yili eski yogʻoch oʻrniga qurilgan. Mohir injenerlik hisob bilan qurulish-montaj ishlarining yuqori darajada bajarilishidan binoning uzoq vaqt saqlanishiga hissasini qoʻshdi. Koʻprik 1970-yillargacha shahararo avtomabillarning yoʻl qatnovlariga oʻz hissasini qoʻshdi.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]