Kontent qismiga oʻtish

Boybo‘ta Do‘stqorayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boyboʻta Doʻstqorayev
Tavalludi 12-noyabr 1942-yil
Vafoti 28-iyul 2021-yil(2021-07-28)
(78 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Kasbi filologiya fanlari nomzodi, jurnalist
Yoʻnalish jurnalistika
Mukofotlari

Boyboʻta Doʻstqorayev — taniqli olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, jurnalist, „Oltin qalam“ milliy mukofoti sovrindori, professor.

Boyboʻta Doʻstqorayev 1942-yili 12-noyabrda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi „Oqtoʻnli“ qishlogʻida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) jurnalistika fakultetida 1969-yildan ish boshlab, qariyb yarim asrlik umrini ustoz sifatida shu sohada jurnalist kadrlar tayyorlashga hamda milliy matbuot tarixini izchil oʻrganishga bagʻishlagan[1].

Boyboʻta Doʻstqorayev dastlab adabiy tanqidchilik borasida tadqiqotlar olib borgan. 1986-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilganidan keyin, oʻzbek matbuot tarixini oʻrganishga kirishgan. Milliy matbuot tarixi va uning yetuk namoyandalari Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Choʻlpon, Fitrat, Hoji Muin, Ubaydulla Asadullaxoʻjayev, Saidrizo Alizoda singari maʼrifatparvar milliy ziyolilarning jurnalistik faoliyati haqida yozgan maqolalari bilan ilmiy jamoatchilikka tanilgan.

Hurlikka intilgan „Hurriyat“[2]

Buyuk mutafakkir[3]

„Oʻgʻuzxon“dan biror „iz“ qolganmi? (2006)[4]

„Alpomish“ matnining jilolari[5]

„Hurriyat“ning koʻksiga gul taqaylik" (2007)[6]

Romanning bir fazilati[7]

Vannaychaxonning dardi yoxud Choʻlponshunoslikdagi ayrim muammolar xususida (2009)[8]

Ikki buyuk siymo[9]

Behbudiyning munosib shogirdi[10]

Nashrga tayyorlangan matnlari[11]

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fitrat. „Mashrab“, — „Yosh leninchi“ gazetasi, 1991-yil, 29-iyun, 2, 4-iyul, 1.b.t

A. Qodiriy. „Olti yillik bazm“- „Mushtum“, 1993 y., № 8. 0.4 b.t.

Yassaviy kim edi. T., A. Qodiriy nomidagi „Meros“ nashriyoti, 1994. 5 b.t.

Choʻlpon. „Shamol nimadan hosil boʻladi“. „Mushtum“, 1995-yil, № 10.

Choʻlpon. Goʻzal Turkiston. /sheʼrlar toʻplami/. T., „Maʼnaviyat“, 1997 y, 8 b.t

Choʻlpon. A. Xontalishskiyga maktub. Umid sizdan. — „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, 1998-yil, 21-noyabr

Oybek. Choʻlpon. Shoirni qanday tekshirish kerak. „Munaqqidning munaqqidi“ maqolasining egasiga. — Sharq yulduzi, 1989-yil, 6-son. 1.6.t

Choʻlpon. Qaytish yoʻq. — Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 1999-yil, 24-dekabr, 0.4 b.t.

Fitrat. „Farhodu Shirin toʻgʻrisida“- „Maʼrifat“ gazetasi, 1996-yil, 7,11, 14, 17, 21, 24, 27-dekabr sonlari, 1.5.6.T.

Munavvar Qori. „Bizni jaholat jahli murakkab“, „Toshkentda jamiyatlar“, T., 21-noyabr, „Nikoh toʻgʻrisida“, „Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi“, T., 1999-yil, 2-jild. 1.6. t.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining „Jahon jurnalistikasi nazariyasi, amaliyoti va tarixi“ kafedrasining mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2002-yil Prezident farmoni bilan „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ sharafli unvoni bilan taqdirlangan.