Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ubaydulla Asadullaxoʻjayevdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev (ayrim manbalarda Xo‘jayev Ubaydulla) (1878, Toshkent – 1937) – jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yirik vakili, o‘zbek mat-buotining ilk tashkilotchilaridan biri. Toshkentdagi rus-tuzem maktabini bitirgach, mahkamalardan birida til-moch bo‘lib ishladi (1897). Rossiyaning Saratov shahridagi huquqshunoslik institutida o‘qidi (1908–12). Talabalik yillaridayoq davr muammolarini yechishni o‘yladi, rus yozuvchisi L. N. Tolstoy bilan yozishmalar qildi (1909). O‘qishni tu-gatgach, dastlab Saratov, 1913 yilda Toshkent okrug sudida xususiy advokat bo‘lib ishladi. Chor hukumati ma’murlarining poraxo‘rligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini davlat ishidan chetlatishga erishdi. Jadidchilik harakatiga qo‘shilib, tez orada uning yirik vakillaridan biriga aylandi."Umid" deb ataluvchi ilg‘or musul-mon guruhiga yetakchilik qildi (1913). "Turon" jamiyatining asoschilaridan biri (1913). U mustaqil firqa tashkil qilish niyatida Toshkentda "Sadoi Tur-kiston" gaz.ini tashkil etib (1914.4.4), unga muharrirlik qildi. Gaz. ishiga o‘sha davr ma’rifat darg‘alari – Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxo-nov, Abdurauf Muzaffarov singarilarni jalb etdi. U gaz.da turli mavzularda dolzarb maqolalar bilan chiqib, chorizmning mustamlakachilik siyosatini fosh qildi. Turkistonga tarqalib, umum-677milliy matbuot nashriga aylanayotgan "Sadoi Turkiston" 1915 yil aprelda yopib qo‘yilgan bo‘lsada, u o‘lka ziyolilarining "Taraqqiyparvarlar" firqasiga zamin tayyorladi. A. Toshkentda tuzilib, mardi-korlikka olish ishi bilan shug‘ullangan "Turkiston mardikorlikka olish qo‘mitasi"ning raisi (1916). Qo‘mita chor amaldorlarining o‘zboshimchaliklarini ochib tashladi. Mardikorlikka jo‘natish haqidagi oq podsho farmoni (1916 yil 25 iyun)ni bekor qildirish uchun A. mahalliy millatparvar boy Mirkomil Mirmo‘minboyev bilan birga Peterburgga bordi.Davlat dumasining 1916 yil dekabrdagi majlisida farmon Rossiya impe-riyasining qonunchiligida ko‘rsatilgan hollarga zid ravishda qabul qilingani isbotlab berildi.A. 1917 yil Turkistondagi siyosiy jarayonlarda faol qatnashdi. "Sho‘roi islom" jamiyati raisi. Butun Turki-ston musulmonlari I-s’ezdida tashkil qilingan Turkiston o‘lka musulmonlari markaziy kengashi kotibi va a’zolaridan biri (1917 yil aprel). Butun Ros-siya musulmonlar kengashi MK a’zosi (1917). Muxtoriyatchilik harakati ta-shabbuskorlaridan. Turkiston muxtori-yati hukumatining harbiy ishlar vaziri (1917 yil noyabr– 1918 yil fevral). Hukumat topshirig‘i bilan Kavkazga bordi va Tur-kistonga g‘alla keltirish masalasini hal qildi. Istiqlolchilik harakatiga xayrixohlik bilan qaragani, mustam-lakachilikka qarshi kurashgani uchun "millatchilik"da ayblanib qatag‘onga uch-ragan. Bir necha marta qamalib, turmada halok bo‘ldi.Ad.: Mustafo Cho‘qay o‘g‘li. Istiqlol jallodlari, T., 1992; Turkiston mustaqilligi va birligi uchun kurash sahifalaridan, T., 1996; O‘zbekiston ta-rixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar, T., 1998; Pidayev T., Matbuot–millat chirog‘i, T., 1999.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil