Botir Valixoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Botir Valixoʻjayev
Tavalludi 4-yanvar 1932-yil
Vafoti 25-avgust 2005-yil(2005-08-25)
(73 yoshda)
Samarqand
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Oʻzbekiston fan arbobiUzbek orden rib.pngEl-urt khurmaty rib.pngMehnat shuhrati ordeni

Botirxon Valixoʻjayev (1932. 1. 4, Samarqand) — adabiyotshunos. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), professor (1971). Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan (1953), shu universitetda oʻqituvchi (1956-63), fakultet dekanining oʻrinbosari (1964-69), dekan (1971-73, 1986-88), tojik tili va adabiyoti kafedrasi (1974— 85), oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi (1985 -yildan) mudiri, prorektor (1990 -yildan). Valixo'jaev ilmiy ishlari adabiyot tarixi, adabiyotshunoslik, adabiy aloqalar, tasavvuf va uning namoyandalari, Samarqand adabiy va ilmiy muhiti tarixi, Ibn Sino, Nizomiy, Jomiy, Navoiy kabi olim va mumtoz shoirlarning ijodiga bagʻishlangan. "Oʻzbekiston adabiy-tanqidiy qarashlari tarixidan" (1960), "Oʻzbek epik poeziyasi tarixidan" (1974), "Navoiy ijodi — ilhom manbai" (1991), "Xoja Ahror Vali" (1993), "Xoja Ahror tarixi" (1994) kabi ilmiy asarlar va bir necha oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Valixo'jaev asarlari Rossiya, Afgʻoniston, Turkiya va Eronda nashr etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. * OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil