Boshqird ot zoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Boshqird ot zoti — qadimda oʻrmon va dasht otlari negizida Boshqirdistonda chiqarilgan zot. Suti, goʻshti uchun boqiladi, shuningdek qishloq xoʻjaligi ishlarida ham foydalaniladi. Boshqird ot zoti z.ning aravaga qoʻshiladigan va miniladigan tiplari saqlanib qolgan (3 t gacha yuk torta oladi). Tusi toʻriq, dumi va yoli qora, malla, qoʻngʻir, saman. Biyasining tanasi uz. 144—145 sm, qarchigʻayi balandligi 142—143 sm, koʻkrak aylanasi 178—180 sm, toʻpigʻi aylanasi 18,4— 20 sm; tirik vazni 420–460 kg . Biyalari sogʻim davrida 1720—2060 l (sersut biyalari 3000 l gacha) sut beradi. Sutidan sifatli qimiz tayyorlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil