Kontent qismiga oʻtish

Boris Paichadze

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boris Paichadze
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Gruziya bayrogʻi Gruziya
Tavallud sanasi 4-fevral 1915-yil
Vafot sanasi 9-oktyabr 1990-yil
Faoliyat yillari 1936–1951
Boʻyi 1.70 m
Sport
Mamlakat Gruziya bayrogʻi Gruziya
Qaysi sport Futbol
Pozitsiyasi Hujumchi
Klubi Dinamo Tbilisi

Boris Paichadze (gruzincha: ბორის პაიჭაძე, talaffuzi: boɾis pʼaitʃʼadze; ruscha: Борис Соломонович Пайчадзе; 4-fevral 1915-yil — 9-oktyabr 1990-yil) – gruziyalik futbolchi. Dinamo Tbilisi klubi safida harakat qilgan. Tbilisidagi Dinamo-Arena stadioni uning sharafiga nomlangan. 2001-yilda Paichadze XX asrdagi eng yaxshi gruziyalik futbolchi deb eʼtirof etilgan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paichadze Onchiketi shahrida tugʻilgan. Yetti yoshligida oilasi bilan Poti shahriga koʻchib oʻtgan[2]. Paichadze oʻsha yerdagi yoshlar jamoalarining birida futbolchilik faoliyatini boshlagan. Bu paytda Gruziyada futbol endigina rivojlana boshlagan edi. Shu sababli klublar soni juda ham kam boʻlgan. Paichadze 16 yoshida Poti shahrining futbol klubi safiga qoʻshilgan[2].

1936-yilda Tbilisining Dinamo klubi safiga bosh murabbiy Jules Limbeck tomonidan taklif etilgan[3]. Oʻsha mavsumda SSSR Oliy Ligasida debyut qilgan va 12 oʻyinda raqiblar darvozasiga 13 ta toʻp kiritishga muvaffaq boʻlgan.

Paichadze 1937-yilgi mavsumda SSSR Oliy Ligasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Biroq, uning uchun eng samarali mavsum 1939-yilda boʻlgan. 1939-yilgi mavsumda Dinamo klubi safida 25 ta gol urgan. Paichadze noyabr oyida SSKA Moskva klubiga qarshi bahsning birinchi taymidan soʻng 1:4 hisobida magʻlub boʻlayotgan jamoasini magʻlubiyatdan qutqarib qolgan. Oʻyin 5:4 hisobi bilan yakunlangan. Shundan soʻng, turli sport ommaviy axborot vositalari tomonidan Boris Paichadzening oʻyini yuqori baholangan[4].

SSSR Oliy Ligasining 1941-yilgi mavsumida 2-jahon urushi tufayli chempionat bekor qilinganida Dinamo yetakchilaridan biri edi[2]. Paichadze jamoadoshlari bilan birga qurolli kuchlar safiga borib qoʻshilgan[2].

3 yillik tanaffusdan soʻng, 1945-yilda chempionat yana tiklangan. Paichadze Dinamoga qaytib, yana klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan[2]. Biroq, 1947-yilda Moskvaning Torpedo klubiga qarshi bahsda Nikolay Morozov bilan boʻlgan toʻqnashuvdan soʻng jiddiy jarohat olgan. Natijada ikki yil davomida maydonga tusha olmagan. Tiklanganidan soʻng, oldingidek oʻyin koʻrsata olmagan va futboldan ketishga qaror qilgan[2].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba[5]

Klub Mavsum Liga Kubok Umumiy
Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni
Dinamo Tbilisi 1936 12 13 8 5 20 18
1937 16 8 7 4 23 12
1938 24 14 5 8 29 22
1939 26 19 7 6 33 25
1940 24 11 0 0 24 11
1941 10 6 0 0 10 6
1942-1944 Ikkinchi jahon urushi tufayli bekor qilindi
1945 16 7 3 2 19 9
1946 22 14 4 1 26 15
1947 10 8 2 0 12 8
1948 0 0 0 0 0 0
1949 12 1 0 0 12 1
1950 21 9 3 1 24 10
1951 2 1 1 2 3 3
Jami: 195 111 40 29 235 140

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Paychadze nazvan futbolistom stoletiya v Gruzii. sport-express.ru (2001-03-26)
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 . Ministry of Sport and Youth Affairs of Georgia. 17 January 2014. Retrieved 3 February 2015.
  3. „Career in quotes: Boris Paichadze“. Ministry of Sport and Youth Affairs of Georgia (2014-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 3-fevral.
  4. „Dinamo Tbilisi - CDKA Moscow (Match Report)“. Dinamo Tbilisi historical results archive (2014-yil 17-yanvar). 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-dekabr.
  5. „Boris Paichadze career statistics“. Footballfacts.ru. Qaraldi: 2017-yil 20-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]