Bolsman Lyudvig

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BOLSMAN (Boltzmann) Lyudvig (1844. 20. 2, Vena — 1906.5.9, Duino, Italiya) — avstriya fizigi. Vena FA aʼzosi (1895). Statistik fizika va fizik kinetika asoschilaridan biri. B. oʻz nomi bilan ataluvchi taqsimot funksiyasini va gazlarning asosiy kinetik tenglamasini yaratdi. Termodinamikaning ikkinchi krnunini statistik nuktai nazardan asoslab berdi (1872). B. gazlar va qattiq jismlarning dielektrik doimiylarini aniqladi. Issiqlik nurlanishi qonunlaridan biri (Stefan — Bolsman qonuni) ni yaratdi. Bu qonun hozirgi zamon nurlanish nazariyasini rivojlantirishda muhim rol oʻynadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil