Bojxona huquqbuzarligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bojxona huquqbuzarligi — bajarilishi bojxona organlari tomonidan nazorat qilinadigan, qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tovar va transport vositalarini olib oʻtish tartibiga, bojxona nazoratida, bojxonda rasmiylashtiruv, bojxona toʻlovlarini toʻlash, bojxona imtiyozlari uchun haq berish va ulardan foydalanish qoidalariga tajovuz qilish yoki qonunbuzarlikka olib keluvchi har qanday koʻrinishdagi xatti-harakat. Ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra bojxona huquqbuzarligi intizomiy, moddiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab boʻladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi