Bojxona chegarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bojxona chegarasi — muayyan davlatning bojxona hududini cheklovchi shartli chiziq . Bojxona chegarasi — OʻzR bojxona hududining chegarasi, Bojxona chegarasi — OʻzR bojxona qonun hujjatlari amal qiladigan makon chegarasi. Bojxona chegarasi qoʻshni mamlakatlarning bojxona hududini ajratib turadi. Oʻzbekistonning bojxona suvereniteti amal qiladigan hududni belgilab beradi. OʻzR BKning 3-moddasiga muvofiq, bojxona hududi sarhadlari, shuningdek erkin bojxona zonalari va erkin omborlarning tegralari OʻzRning Bojxona chegarasi hisoblanadi . Bojxona huquqida tashqi va ichki Bojxona chegarasi tushunchalari farqlanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi