Boj tarifi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Boj tarifi — davlat chegarasi orqali oʻtadigan tovarlardan undiriladigan bojlar stavkalari majmui (toʻplami). Boj: olinadigan tovarlar nomi va tasnifi, boj stavkasi, ularni hisoblash va toʻlash usullari, boj olinmay oʻtkaziladigan tovar (buyum)lar roʻyxati, shuningdek olib kelish, olib ketish, olib oʻtish (tranzit) taqiqlangan mahsulotlar roʻyxati koʻrsatiladi. Boj tarifi da tovarlar qayta ishlanish darajasi (tayyor mahsulot, yarim tayyor mahsulot, xom ashyo) va tarmoq turiga (sanoat, qishloq xoʻjaligi, mineralxom ashyo) koʻra guruhlanadi. Boj tarifi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida qoʻllaniladi.

1997 yil 29 avg .da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan "Boj tarifi toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilinib, 1998 yil 1 yanvardan amalga kiritildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil