Boeing

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Boeing Company
Boeing Everett Plant.jpg
Turi OAJ
Tarmogʻi Aviasozlik, aviakosmik sanoat
Birja listingi NYSE: BA
Qachon asos solingan 1916
Joylashuvi Illinoys, Chikago  AQSh
Asoschi(lari) William E. Boeing
Xoʻjayinlar Jeyms Maknerni (Direktorlar kengashi raisi)
Greg Smit (CEO v.b.)[1]
Mahsulot(lar)i Fuqaro va harbiy samolyotlar
Aylanma daromadi Green Arrow Up Darker.svg $ 62,29 mlrd. (2021)[2]
Operatsion foydasi Green Arrow Up Darker.svg $ 2,90 mlrd. (2021)[2]
Boyligi Red Arrow Down.svg $ 138,5 млрд (2021)[2]
Kapitallashtirish Green Arrow Up Darker.svg $ 14,84 mlrd. (2021)[2]
Toza foyda Green Arrow Up Darker.svg $ 4,29 mlrd. (2021)[2]
Ishchilar soni 141 582 (1-yanvar 2022)[3]

Boeing — harbiy transport va yoʻlovchi reaktiv samolyotlar ishlab chiqaradigan jahondagi eng yirik kompaniya. Boshqaruv shtabi AQShning Sietl shahrida joylashgan boʻlib, shirkatga 1916-yilda asos solingan. Bundan tashqari kosmik hamda elektron apparatlar va boshqa asbobuskunalar ishlab chiqaradi, Pentagon uchun harbiy aviatexnikalar yetkazib beradi, AQSH kosmik dasturining bajarilishida oʻz texnikasi bilan katnashadi (uning 40 sunʼiy yoʻldoshi koinotda ishlab turibdi; 2000). "Boing"ni "Ferst neshnl siti benk" va Kaliforniya moliya guruhlari nazorat qilib turadi. Kompaniyaning bir necha joylarda ishlab chiqarish majmualari va i. t. laboratoriyalari bor. Korxonalarnda 147 ming ishchi va xizmatchi ishlaydi (80-yillar oxiri). 1996-yilda "Mak DonellDuglas" samolyotsozlik firmasini qoʻshib oldi. Yillik savdo hajmi 76 mlrd. AQSH dollari (faqat passajir laynerlar — jami 375 dona samolyot; 1997). Hozir jahon boʻyicha "Boing"ning 9 ming reaktiv samolyotlaridan foydalanilayotir. 1998-yildan soʻnggi modeldagi "Boing 777" samolyotlarini ishlab chiqaradi. "Boing" istiqbolli kompaniya boʻlib, koʻp mamlakatlarga oʻz mahsulotlarini eksport qiladi. Jumladan Oʻzbekiston ham uning samolyotlaridan foydalanadi, Toshkent davlat aviatsiya instituti bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Gallireya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Глава Boeing ушёл в отставку“. 23-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-dekabr 2019-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „2021 result“. Boeing. 2-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-iyul 2022-yil.
  3. "Employment Data" Arxivlandi 2016-02-18 Wayback Machine saytida.. Boeing

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zoir Shamsiyev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil