Bodoqsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bodoqsoy
Tavsif
Uzunligi 12
Davlat Oʻzbekiston


Bodoqsoy — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Piskom daryosining chap irmogʻi. Piskom tizmasining shim.gʻarbiy yon bagʻridagi 3150 m balandlikdagi muzliklardan boshlanadi. Uzunligi 12 km, havzasining maydoni 5,4 km², havzasining oʻrtacha balandligi 2440 m. Umumiy uz. 8 km boʻlgan 4 ta mayda irmogi bor. Bodoqsoy muzliqdan tashqari qor, yomgʻir va buloq suvlaridan ham toʻyinadi. Bodoqsoy da yil davomida suv oqadi, oʻrtacha yillik suv sarfi 1,2 m³/sek. Suvi koʻpayganda (apr.—iyunda) suv sarfi 5,6 m³/sek gacha yetadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil