Bobooxun Salimov
Bobooxun Salimov | |
---|---|
![]() | |
Xiva xonligining Qozi-kaloni | |
Mansab davri 1910 — 1918 | |
Xiva xonligining Shayx ul-islomi | |
Mansab davri 1910 — 1918 | |
Xiva xonligining majlis raisi | |
Mansab davri 1917 — 1917 | |
Avvalgisi | lavozim tashkil etildi |
Keyingisi | lavozim bekor qilindi |
XXSR adliya vaziri | |
Mansab davri 1920 — 1920 yillar oxiri | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1874 Gurlen, Xiva xonligi |
Vafoti | 10.05.1929 |
Siyosiy partiyasi | Yosh Xivaliklar |
Dini | Islom |
Bobooxun Salimov (shuningdek Bobo-oxun) (1874-1929) — Xiva xonligi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi davlat arbobi.
1874-yilda Gurlen qishlogʻida Salimohunlar oilasida tugʻilgan. Tugʻilganda uning ismini Muhammad qoʻyishgan, keyin esa hurmat-ehtirom uchun unga Bobuxun laqabini berishgan. Boshlangʻich taʼlimni olgach, Xivadagi Olloqulixon madrasasida oʻqishni davom ettirdi. Arab, fors va rus tillarini oʻrgangan.
1910-1918-yillarda Xiva xoni Asfandiyorxon davrida Bobooxun Salimov mamlakatning Qozi-kalon (oliy qozi) va shayx ul-islomi lavozimlarida ishlagan.[1][2]
1917-yilda Xiva majlisi raisi boʻldi.
1918-1920-yillarda Toʻrtkoʻlda yashab, „Yosh xivaliklar“ partiyasiga aʼzo boʻldi. 1920-yilda Xorazm Xalq Sovet Respublikasini tashkil etishda qatnashib, adliya vaziri etib tayinlanadi. 1924-yilda Xorazm ruhoniylarining birinchi qurultoyini chaqirish va oʻtkazishga rahbarlik qildi. U mamlakatning erkin demokratik rivojlanishi tarafdori edi.
1920-yillar oxirida Sovet hukumati tomonidan ziyolilarga nisbatan taʼqib qilinishi natijasida u davlat ishlaridan chetlashtirildi. 1929-yil 10-mayda Bobohun Salimov BDSB[ru] tomonidan hibsga olinib, oʻsha kuniyoq sudsiz va tergovsiz otib tashlandi. Bobohun Salimovning qabri qayerda ekanligi nomaʼlum[3].
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- O'zbekiston tarixi, Toshkent, 1993..
- Xorazm Tarixi, Toshkent, 1976..
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Davronbek Tojialiev, Bobooxun Salimov (1874-1929)
- ↑ CentrAsia, Xorazm Respublikasi (1920-24 gg.)
- ↑ „Bobooxun Salimov (1874-1929)“. www.ziyouz.uz (4-iyun 2013-yil). Qaraldi: 26-oktabr 2020-yil.