Bobo Shavq madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bobo Shavq madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Bobo Shavq madrasasi unchalik katta bo‘lmagan bir nechta hujralardan iborat bo‘lib, hazrat Bobo Shavqiy mozori boshida joylashgan bo‘lgan. Unda asosan qorilar tayyorlangan. Ularga Qur'on tilovati mukammal o‘rgatilgan. Bu joy Buxorodagi muqaddas ziyoratgohlardan biri hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bobo Shavq mozoridagi hujralarga hijriy 1321-yili (1903-1904) Mehtarxoja ibn Iskandarxoja Do‘st chuhra og‘asi guzarida bir hovli qurib, vaqf qiladi. Hujjat qozi ul-quzzot Mir Badriddin ibn Sadriddin muhri bilan tasdiqlangan. Ushbu qozining bir arznomasida hazrat Bobo Shavq sarmozoridagi ikki hujrada yashagan qori Ergash va qori Xalil joyi bo‘sh turgani sababli ularning o‘rniga qori Fo‘lad va qori Tursun qo‘yilishi haqida xabar berilgan. Joy haqi 3 tilla bo‘lgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 214.