Joʻmart Boʻqoʻnboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo‘qo‘nboyev Jo‘martdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

BOʻQOʻNBOYEV Joʻmart (19101944) -qirgʻiz shoiri, dramaturg . Qirgʻiziston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1938—44). Qirgʻiz dostonchiligi va dramaturgiyasida sezilarli iz qoldirgan, uning dastlabki namunalarini yaratgan. B. asarlarida qirgʻiz xalqi tarixi, Ikkinchi jahon urushidagi qahramonligi, mamlakat ichkarisidagi fidokorona mehnati tasvirlanadi. "Chu dalasi" (1930), "Turksib" (1932), "Gul turmush" (1939), "Ajal va nomus" asarlari qirgʻiz sheʼriyatining sara asarlaridan hisoblanadi. "Mening Fargʻonam" asarida tarixiy qismati, turmush tarzi bir-biriga oʻxshash oʻzbek va qirgʻiz xalqlari oʻrtasidagi qardoshlik tarannum etiladi. "Oltin qiz" (1937), "Qargʻasha" (1937) dramalari, "Oychurek" (1937), "Toʻqtagul" (1939) opera librettolari bilan qirgʻiz teatr sanʼati taraqqiyotiga hissa qoʻshgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil