Biomexanika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biomexanika (bio... va mexanika) — biofizikaning tirik organizm, organ va toʻqimalar mexanik xossalari hamda ularda sodir boʻladigan mexanik hodisalarni oʻrganuvchi boʻlimi. Ilgari B. tushunchasi embriologiyaning rivojlanish mexanikasi, koʻpincha eksperimental embriologiya deb ataladigan sohasiga nisbatan ham qoʻllanib kelingan. Odatda B. termini odam va hayvonlar harakati toʻgʻrisidagi taʼlimotga nisbatan qoʻllaniladi. B. tadqiqotlari quyidagilarni uz ichiga oladi: nafas B.si — nafas organlari kinematikasi, elastik va noelastik qarshiligi (yaʼni harakatlarning geometrik harakteristikasi) va nafas harakatlari dinamikasi hamda nafas organlari faoliyatining boshqa sohalarini;qon ai lani shi B.si — kon tomirlari va yurakning taranglik xususiyatlari, tomirlarning qon oqimiga nisbatan kursatadigan gidravlik qarshiligini, tomirlar devori buylab taranglik tulqinlarining tarqalishi, qonning harakatlanishi, yurak ishini (qarang Gemodinamika); harakatlan i sh B.si —anatomiya va nazariy mexanika dalillariga asoslanib harakatlanish organlari strukturasini, boʻgʻimlarda harakatlanishni paydo qiladigan muskul kuchlarining, gavda qismlari boʻylab uning ogʻirligining taqsimlanishini, gavda va uning qismlari harakatlanishi qonuniyatlarini oʻrganadi. B.ning asosiy vazifasi harakatning kinematik tasnifiga binoan taʼsir kuchi xususiyatlarini aniklashdan iborat. Bu harakatlanish samaradorligini, tashqi va muskul kuchlaridan foydalanish darajasini baholashga hamda harakatlanish koordinatsiyasi va uni boshqarish mexanizmlari toʻgʻrisida xulosa chiqarishga imkon beradi. Tananing holati (tik turish, oʻtirish va boshqalar)ni oʻrganish ham B. vazifalariga kiradi. Bunday vazifalarni hal etish fiziologiya, tana holati va muvozanati toʻgrisidagi taʼlimot bilan bogʻliq.

B. tekshirishlarda oʻrganilayotgan harakatlarning koʻchishi, tezligi va tezlanishlarini kayd etish usullaridan foydalanadi. Bunda koʻproq optik usullar: tezlashtirilgan kinoga olish, siklografiya, kimotsiklografiya va boshqa kullaniladi. B.da mexanotronlar, tayanch dinamograflar va burchak siljish asboblari yordamida mexanik kattalikni elektr qayd etish usullaridan ham foydalaniladi. B. tadqiqotlari tarixi Italiya olimi Leonardo da Vinchining odam harakatlarini anatomiya va mexanika nuktai nazaridan tekshirish bilan boshlanadi. Italiya naturalista J. Borellining "Hayvonlar harakati haqida" (1680—81) kitobida organizmga mashina sifatida nazar tashlab, nafas olish, qonning harakatlanishi va muskul qisqarishini mexanika nuktai nazaridan tushuntirishga harakat qiladi. Bu B.ning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadi.

B. tadqiqotlari mehnat va sport fiziologiyasi, harbiy va klinik tibbiyotda, shu jumladan nevrologiya, ortopediya, travmatologiya, protezlash sohasida katta amaliy ahamiyatga ega. Chunki jismoniy mashq va sport harakatlarini oʻrganish mashq qilish sistemasini ilmiy asosda tashkil etishga yordam beradi. Suyak, pay va boshqa toʻqimalarning pishikligini oʻrganish jarohatlovchi omillarning organizmga taʼsiri mexanizmini tushunish va uning oldini olishga imkon beradi. Qon aylanishi va nafas olish holatining bir qator koʻrsatkichlari yurak va oʻpka kasalliklari’hamda operatsiya oqibatlari diagnostikasini ishlab chiqishda ahamiyatga ega. Nafas olish va qon aylanishi B.ni tekshirish natijalari "yurakoʻpka" apparatini ishlab chiqishda ahamiyatga ega.

Melis Tolipov.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil