Birinchi avgust

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Birinichi avgust
Rejissyor(lar) Abduvohid G'aniyev
Ssenariynavis(lar) Olimjon Davlatov
Rollarda Yigitali Mamajonov
Feruza Yusupova
Tohir Saidov
Rayhon Ulasenova
Sobir Otajonov
Muyassar Berdiqulova
Kinematografiya Izatilla Lutfullayev
Studiya(lar) “Olov Nur Media” kinokompaniyasi
Davomiyligi 98 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Birinchi avgust — taʼlimdagi qingʻirliklar, korrupsiya haqida suratga olingan ilk film[1]. Abduvohid Gʻaniyevning Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlariga kirishda korruptsion jarayonlar tanqid ostiga olingan, real voqealar asosidagi kriminal drama. Film Oʻzbekiston kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan 2019-yilda „Olov Nur Media“ kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan.

Film haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Birinchi avgust“ filmi 2009-2010-yillarda Taʼlimning yuqori bosqichi yaʼni oliy taʼlimda koʻp bora uchragan korruptsiya muammosi yoritilgan. Yaʼni 1-avgust kuni boʻladigan turli koʻz boʻyamachiliklar, talabalarning boshqasini oʻrniga test topshirishi kabi muammolar ochib berilgan. Film „Olov-Nur media“ kinostudiyasi tomonidan suratga olingan boʻlib unda bosh rollarni Yigitali Mamajonov, Feruza Yusupova, Tohir Saidov, Rayhon Ulasenova, Sobir Otajonov, Muyassar Berdiqulovalar ijro etgan, epizodlarda esa Samarqand viloyati teatr aktyorlaridan foydalanilgan[2]. Ushbu kartinani ijtimoiy tarmoqda kuzatgan tomoshabinlar filmni asosan ijobiy qabul qildilar va koʻplab ijobiy fikrlarni qoldirdilar[3], chunki film ijodkorlari respublika uchun nihoyatda muhim muammoni koʻtardilar.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmda pul evaziga abituriyentlar uchun universitetga kirish imtihonlarini topshiruvchi „bunker“ va „tanklar“ deb ataluvchi korruptsion sxema toʻliq ochib berilgan. Butun korruptsiya zanjiri koʻrsatilgan. Bosh qahramon ana shunday „bunkerlardan“ biri, hibsga olingan va tergovchiga oʻz voqeasini aytib beradigan oʻzbek hinterlandida yashovchi (Yigitali Mamajonov)dir. U yoshligidan bilimga ishtiyoqini koʻrsatgan bolaligini, universitetda oʻqiganini, u yerda nafaqat jinoiy biznesdagi sheriklari, balki sevgilisi (Feruza Yusupova) bilan ham uchrashganini eslaydi. unda talabaning oliy taʼlim muassasasi dargohiga qoʻygan birinchi qadamidayoq koʻzboʻyamachilik va adolatsizlik manzarasini koʻrishi, buning taʼsiri tufayli kelgusi hayotida „Qush uyasida koʻrganini qiladi“ singari ish tutganini aytib bergan.

Ijodiy guruh[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rollarda

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Taʼlimdagi poraxoʻrlik haqidagi “Birinchi avgust” badiiy filmi premyerasi boʻlib oʻtdi“. https://xs.uz/uz. xalq so'zi. 2023-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-fevral.
  2. „Taʼlimdagi poraxoʻrlik haqidagi “Birinchi avgust” badiiy filmi premyerasi boʻlib oʻtdi“. https://xs.uz/uz. xalq so'zi. 2023-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-fevral.
  3. YouTube logotipi Birinchi avgust (o'zbek film) YouTubeda //Birinchi avgust (uzbekfilm) 2019


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]