Bir Roman Gibi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Bir Roman Gibi“
Rafet El Roman qoʻshigʻi
„Bir Roman Gibi“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2008-yil 30-iyun
Janr pop

Bir Roman Gibi — Rafet El Romanning Emre Plak studiyasi bilan hamkorlikda 2008-yil 30-iyun kuni chiqargan toʻqqizinchi albomidir. Albomda 10 dona qoʻshiq mavjud[1].

Albomdagi qoʻshiqlar haqida maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sevdim Ama Sonu Yoktu[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomning birinchi qoʻshigʻi sifatida „Sevdim Ama Sonu Yoktu“ tanlangan boʻlib 2008-yil 30-iyundan 1 kun avval radioga yuborilgan. „Sevdim Ama Sonu Yoktu“ dastlab Kral TV va Powertürk TVda tinglovchilar ommasiga havola etilgan.

Aşk-ı Virane[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomning ikkinchi qoʻshigʻi sifatida „Aşk-ı Virane“ tanlangan va 2008-yilning 1-sentyabrida radioga yuborilgan. „Aşk-ı Virane“ dastlab 2008-yilning 1-sentyabrdan Kral TV va Powertürk TVda tinglovchilar ommasiga namoyish qilingan.

Albom haqida umumiy maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aşkından Haber Ver[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomning yana bir qoʻshigʻi sifatida „Aşkından Haber Ver“ tanlangan va 2009-yilning 9-yanvar kuni radiolarga yuborilgan. „Aşkından Haber Ver“ ilk bor 2009-yil 9-yanvar kuni Powertürk radiokanalida namoyish etilgan[2].

Qoʻshiqlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sevdim Ama Sonu Yoktu
  2. Aşk-ı Virane (Yusuf Güney İle)
  3. Son Veda
  4. Seni Seviyorum (Sinem İle)
  5. Ömrümün Sahibi Sensin
  6. Yaşananlar Anlatılmaz
  7. Aşkından Haber Ver
  8. Ohne Sıe (Sensiz)
  9. Ne Oldu O Günlere
  10. Bilsen De Bilmesen De[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rafet El Roman - Bir Roman Gibi (inglizcha), qaraldi: 2023-04-06
  2. „Bir Roman Gibi“. 2017-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  3. Bir Roman Gibi (turk), 2008-07-03, qaraldi: 2023-04-06