Kontent qismiga oʻtish

Bibi Xalifa madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Bibi Xalifa madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Bibi Xalifa
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Bibi Xalifa
Asosiy sana:
XVII asr
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 30 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Bibi Xalifa madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Bibi Xalifa madrasasi XVII asrda Mir Tahur devon guzarida[1], Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Subhonqulixon davrida, Bibi Xalifa tomonidan bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa vaqf hujjatida madrasa pishiq gʻishtda iborat 20 ta hujra, 4 ta gumbazi, yogʻochdan 10 ta hujra, darsxona, ichki va tashqi hovlisi mavjud boʻlgan. Bibi Xalifa madrasasi gʻarbida koʻcha, shimolida Obi Rahmat hovuzi, sharqida chorbogʻ, janubida hovlilar mavjud boʻlgan. Madrasa uchun voqifa Harqanrud va Poyiruddagi ekin yerini, madrasa sharqidagi mevali va mevasiz daraxtlardan iborat chorbogʻini vaqf qilgan. Madrasaga mutavvali voqifning oʻzi boʻlgan. Baʼzi manbalarga koʻra ushbu madrasaga faqat qizlar oʻqigan. Madrasaning asl vaqf hujjati Buxoro xoni Subxonqulixon davrida rasmiylashtirlgan va 9 kishini muhri bilan tasdiqlangan. Buxoro amiri Amir Shohmurod davrida madrasa vaqf hujjati koʻchirilgan. Madrasaga oid yana beshta hujjat saqlanib qolgan. Hujjatda madrasada faoliyat olib borgan mudarrislar va ularning maoshi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud. Jumladan xoji Abduvohid maoshi 24 tilla, mulla Bobojon maoshi 26 tilla, mulla Najmidddin maoshi 25—30 tillani tashkil etgan. Bundan tashqari hujjatlarda madrasada tahsil olgan talabalar ismlari ham mavjud. Jumladan qori Hisomiddin, Atoxoja Buxoriy kabi talabalar nomlari qayd etilgan[2]. Bibi Xalifa madrasasi 30 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.


  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  2. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.