Bhopal falokati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Bhopal falokati qurbonlariga memorial. Devorda Bhopal falokati 1984—?. Azob davom etmoqda, kurash ham. deb yozilgan.

Bhopal falokati yoki Bhopal fojiasi Hindistonning Bhopal shahrida 1984-yil 2-3-dekabrida sodir boʻlgan gaz sirqishi hodisasi boʻlib, qurbonlari soniga koʻra dunyoning eng katta sanoat falokatlaridan biridir.[1] Falokat Union Carbide India Limited (UCIL) kompaniyasiga tegishli pestitsid zavodidan metilizotsianat va boshqa zaharli gazlarning sizib chiqishi bilan boshlandi. 500 mingdan ziyod aholi zaharlandi.[2] Halok boʻlganlar soni turlicha baholanadi. Rasmiy xabarga binoan falokat kechasi 2 mingdan ziyod odam halok boʻldi. Madhya Pradesh shtati hukumati 3787 nafar kishining zaharlanib oʻlgani haqida xabar chiqardi.[3] Boshqa taxminlarga binoan gaz sirqishidan keyingi ikki hafta ichida 8 ming kishi halok boʻlgan, yana 8 ming kishi shu kungacha gazdan kasallanib, vafot etgan.[4][5] 2006-yilgi hukumat bayonnomasida gaz sirqishi 558 125 jarohat, bulardan 38 478 nafari qisman, 3 900 nafari esa batamom nogiron boʻlib qolgani taʼkidlanadi.[6]

UCIL Union Carbide Corporation (UCC) ning Hindistondagi boʻlimi boʻlib, qisman hind hukumati boshqaruvi ostida edi. 1994-yilda UCC UCIL ni Eveready Indistries India Limited (EIIL) ga sotdi. EIIL 1998-yilda falokat joyini tozalab, sobiq zavod joyini Madhya Pradesh hukumatiga topshirdi. 2001-yilda Dow Chemical Company UCC ni sotib oldi.

Bhopal tuman sudida UCC va Warren Anderson (fojia paytidagi UCC direktori) ga qarshi fuqarolik va jinoiy ishlar koʻrib chiqilmoqda.[7][8] 2010-yil iyunida yettita UCIL xodimi aybdor deb topilib, har biri $2 ming jarima va ikki yillik qamoq jazosiga tortildi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 „Bhopal trial: Eight convicted over India gas disaster“, BBC News (7-Iyun 2010-yil). 7-iyun 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-Iyun 2010-yil.
  2. Varma, Roli; Daya R. Varma (2005). "The Bhopal Disaster of 1984". Bulletin of Science, Technology and Society. 
  3. „Madhya Pradesh Government : Bhopal Gas Tragedy Relief and Rehabilitation Department, Bhopal“. Mp.gov.in. Qaraldi: 28-Avgust 2012-yil.
  4. Eckerman, Ingrid Chemical Industry and Public Health—Bhopal as an example (PDF), 2001..  Essay for MPH. A short overview, 57 pages, 82 references.
  5. Eckerman, Ingrid The Bhopal Saga—Causes and Consequences of the World's Largest Industrial Disaster. India: Universities Press, 2005.. ISBN 81-7371-515-7.  Arxivlandi 2007-06-10 Wayback Machine saytida. arxiv nusxasi, archived from the original on 2007-06-10, https://web.archive.org/web/20070610212157/http://www.eckerman.nu/default.cfm?page=The%20Bhopal%20Saga, qaraldi: 2013-09-03  Preview Google books All known facts 1960s – 2003, systematised and analysed. 283 pages, over 200 references.
  6. AK Dubey. „Bhopal Gas Tragedy: 92% injuries termed "minor"“ (21-Iyun 2010-yil). 26-iyun 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-Iyun 2010-yil.
  7. „Company Defends Chief in Bhopal Disaster“, New York Times (3-Avgust 2009-yil). Qaraldi: 26-Aprel 2010-yil.
  8. „U.S. Exec Arrest Sought in Bhopal Disaster“, CBS News (31-Iyul 2009-yil). Qaraldi: 26-Aprel 2010-yil.

Havolalar[tahrir]