Kontent qismiga oʻtish

Besh bosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Besh bosh" – XX asr boshlarida Turkistonning paxta tozalash va paxta moyi ishlab chiqarish sanoatida hukmronlik qilgan aksiyadorlar jamiyati. 1914-yilda tashkil etilgan. „Besh bosh“da 5 paxta firmasi – „Vl. Alekseev“, „Br. Shlossberg“, „Moskovskoye torgovopromoʻshlennoye tovarihestvo“, „Pers“, „Bolshaya Yaroslavskaya manufaktura“ birlashgan. Unga Turkistonning turli viloyatlarida joylashgan paxta tozalaydigan 39 ta va paxta moyi ishlab chiqaradigan 5 ta zavod qaragan. „Besh bosh“ Rossiyadagi „Salo.mas“ sindikatining aʼzosi boʻlgan, oʻz faoliyatida Rossiya imperiyasidagi yirik banklardan biri – Rus-Osiyo bankiga tayangan. „Besh bosh“ Turkistonda mustamlakachilik zulmi tayanchi boʻlib kelgan. „Besh bosh“ 1918-yil mart oyida natsionalizatsiya qilingan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil