Benjamin Mendy
|
Mendy Fransiya U19 jamoasi bilan (2013-yil) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1994-yil 17-iyul[1] | ||
| Tavallud joyi | Longjumeau, Fransiya | ||
| Boʻyi | 1.85 m[2] | ||
| Ampluasi | Chap qanot himoyachisi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | FC Zürich | ||
| Raqami | 3 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2000—2007 | Palaiseau | ||
| 2007—2011 | Le Havre | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2010—2013 | Le Havre II | 12 | (0) |
| 2011—2013 | Le Havre | 57 | (0) |
| 2013 | Marseille II | 2 | (0) |
| 2013—2016 | Marseille | 81 | (2) |
| 2016—2017 | Monaco | 25 | (0) |
| 2017—2023 | Manchester City | 50 | (2) |
| 2023—2025 | Lorient | 15 | (2) |
| 2025 | Zürich | 7 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2009—2010 | Fransiya U16 | 15 | (1) |
| 2010—2011 | Fransiya U17 | 17 | (1) |
| 2011—2012 | Fransiya U18 | 5 | (1) |
| 2012—2013 | Fransiya U19 | 12 | (0) |
| 2014—2016 | Fransiya U21 | 9 | (0) |
| 2017—2019 | Fransiya | 10 | (0) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (12-aprel uchun) | |||
Benjamin Mendy (fransuzcha: Benjamin Mendy; 1994-yil 17-iyulda Fransiyaning Longjumeau shahrida tugʻilgan) – fransiyalik professional futbolchi, chap qanot himoyachisi pozitsiyasida oʻynaydi. 2025-yilgi mavsumda Shveysariya Superligasining „Zürich“ klubida toʻp tepgan.
Le Havre yoshlar akademiyasida taʼlim olgan Mendy oʻzining futbolchilik faoliyatini 2010-yilda klubning zahira jamoasida boshlagan va bir yildan soʻng asosiy tarkibga koʻtarilgan. U 2013-yilgacha shu klubda qolib, keyin Ligue 1 klubi „Marsel“ga oʻtgan. Mendy keyingi uch mavsumni „Les Olympiens“ bilan oʻtkazdi, soʻngra „Monako“ga oʻtib, u yerda 2016-17 yillarda milliy chempionlikni qoʻlga kiritdi.
2017-yilda Mendy Angliyaning „Manchester City“ klubiga taxminan 52 million funt sterlingga oʻtdi, bu paytda bu himoyachi uchun jahon rekord transferi edi. U Angliyadagi birinchi mavsumidayoq Premyer-ligada gʻolib boʻldi. 2021-yilda Mendy jinsiy zoʻravonlikda ayblanib qamoqqa olingan va „City“ tomonidan chetlatilgan. U 2023-yildagi ikkita sud jarayonida barcha ayblovlardan oqlandi. Mendining shartnomasi tugashi bilan 2023-yil iyun oyida „Manchester City“ uni ozod qildi. 2023-yil iyul oyida Mendy Ligue 1 klubi „Lorient“ bilan erkin transfer asosida shartnoma imzoladi.
Mendy 2017-yilda Fransiya milliy terma jamoasida debyut qildi. Bunga qadar u Fransiyaning 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 18 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalarida oʻynagan edi. Benjamin Fransiya terma jamoasining 2018-yilgi Jahon chempionati qaydnomasiga kiritilgan va jamoasi bilan birga chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Monako
- Fransiya chempioni: 2016/2017
Manchester City
- Angliya chempioni (3 karra): 2017/18, 2018/19, 2020/21[3]
- Futbol Ligasi kubogi sohibi (2 karra): 2019/20[4], 2020/21[5]
- Angliya Superkubogi gʻolibi: 2018-yil[6]
- UEFA Chempionlar ligasi finalchisi: 2020-21[7]
Fransiya terma jamoasi (19 yoshgacha)
- Yevropa chempioni (19 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar): 2013-yil
Fransiya terma jamoasi
- Jahon chempioni: 2018-yil[8]
Shaxsiy yutuqlari
- Faxriy legion ordeni: 2018-yil[9][10]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: France“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>tag; no text was provided for refs named "SW". - ↑ „Benjamin Mendy: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2021-yil 28-may.
- ↑ McNulty, Phil. „Aston Villa 1–2 Manchester City“. BBC Sport (2020-yil 1-mart). Qaraldi: 2020-yil 1-mart.
- ↑ McNulty, Phil. „Manchester City 1–0 Tottenham Hotspur“. BBC Sport (2021-yil 25-aprel). Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
- ↑ Bevan, Chris. „Chelsea 0–2 Manchester City“. BBC Sport (2018-yil 5-avgust). Qaraldi: 2018-yil 5-avgust.
- ↑ „Man. City 0–1 Chelsea: Updates“. UEFA. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
- ↑ „France 4–2 Croatia: Line-ups“. FIFA. 2018-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Décret du 31 décembre 2018 portant promotion et nomination“ (fr). Legifrance. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.
- ↑ "Décret du 31 décembre 2018 portant promotion et nomination" (fr). Official Journal of the French Republic 2019 (1). 1 January 2019. PRER1835394D. https://www.legifrance.gouv.fr/jorf/id/JORFTEXT000037909703. Qaraldi: 28 November 2020.Benjamin Mendy]]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Benjamin Mendy“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Benjamin Mendy FC Zürich saytida
- Benjamin Mendy Fransiya futbol federatsiyasi rasmiy saytida (fransuzcha)
- Benjamin Mendy – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- 17-iyulda tugʻilganlar
- 1994-yilda tugʻilganlar
- Longjumeauda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Fransiyalik erkak futbolchilar
- Le Havre AC futbolchilari
- Olympique de Marseille klubi futbolchilari
- AS Monaco FC futbolchilari
- Manchester City F.C. futbolchilari
- FC Lorient futbolchilari
- FC Zürich futbolchilari
- Liga 1 futbolchilari
- Liga 2 futbolchilari
- Championnat National 2 futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari
- Futbol boʻyicha jahon chempionlari
- Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar
- Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Monakodagi muhojir erkak futbolchilar
- Shveysariyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Fransiyalik musulmonlar
