Kontent qismiga oʻtish

Belgiya ayollari milliy kengashi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mari Popelin

Conseil National des Femmes Belges – (gollandcha : Nationale Vrouwenraad van Belgïe) yoki Belgiya ayollari milliy kengashi 1905-yilda Xalqaro Ayollar Kengashining (ICW) Belgiyadagi boʻlimi sifatida tashkil etilgan. Yillar davomida ayollarning huquqlarini qoʻllab-quvvatlash uchun keng koʻlamli ishlarni olib bordilar. Bu kengash Belgiyaning fransuz tilida soʻzlashuvchi ayollari boʻlimiga ajralib ketgunga qadar davom etdi.

Belgiya ayollar milliy kengashi 1905-yilda Marie Popelin tomonidan Xalqaro Ayollar Kengashining Belgiya boʻlimi sifatida tashkil etildi. Dastlab kengash Ligue belge du droit des femmes, Société belge pour l’amélioration du sort de la femme va Union des femmes belges contre l’alcoolisme deb nomlanuvchi uchta tashkilotni birlashtirdi. Shunga qaramay, 1906-yilga kelib, qoʻshimcha toʻrtta aʼzolarni oʻz tarkibiga qoʻshib oldi. Ular l'Œuvre de la maison des servantes et de la bourse du travail (1889), la Croix verte, l’Union des mères de famille (1902) va La Ruchelardir. Kengash siyosiy partiyalarga aʼzo boʻlmagan boʻlsada, liberallarni qoʻllab-quvvatlagan[1][2].

Birinchi jahon urushidan keyin, rivojlanishda davom etgan kam sonli ayollar tashkilotlaridan biri bu – Belgiya ayollar milliy kengashi edi. Uning prezidenti Léonie La Fontaine urushdan soʻng Shveytsariyadan qaytib kelmaganligi bois uning oʻrniga 1920-yilda feminist Marguerite Van de Wiele keldi. U boshqalardan farqli ravishda anʼanaviy yondashuvga ega edi. Shunga qaramay, uning rahbarligi ostida kengash rivojlanib, siyosiy qarashlaridan qatʼi nazar barcha yangi aʼzolarni qabul qildi. Marie Haps, Marie-Elisabeth Belpaire and Juliette Carton de Wiartlar qoʻmita rahbarlari boʻlishiga qaramasdan, 1921-yilda Marthe Boël vitse-prezident etib saylandi. U yangi avlod yaʼni universitet talabalarini kengashga jalb qilib, yondashuvni oʻzgartirdi.

1934-yilda kasbi shifokor boʻlgan Jeanne Beeckman, vitse-prezidentlardan biriga aylandi hamda yangi bitiruvchilarni aʼzolikka chorladi. Ular orasida Georgette Ciselet, Fernande Baetens, Paule Lamy and Marcelle Rensonlar bor edi, ular oʻzlarining huquqiy malakalari va chet tillarini bilishlari tufayli kengashga sezilarli hissa qoʻshishdi. 1933-yilda Stokgolmda boʻlib oʻtgan Xalqaro ayollar kengashining konferensiyasida yangi aʼzolar ham qatnashishdi. Ular orasidan Marthe Boël 1936-yilda Xalqaro ayollar kengashining prezidenti etib saylandi.

1935-yildan 1952-yilgacha Belgiya ayollar milliy kengashi prezidenti sifatida Boël barcha jabhalarda sezilarli yutuqlarga erishdi. Xususan, ularga ayollarning jamiyatdagi oʻrni, teng ish uchun teng haq toʻlash, qizlarning oliy taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash kabilar kiradi. Ikkinchi jahon urushidan keyin, Boël rahbarligidagi kengash ayollarni sudya sifatida ishlashi, turmushga chiqqan ayollarning fuqarolik huquqlari va taʼlimni yaxshilash kabi mavzularga eʼtibor qaratdi. 1948-yilda ayollarga milliy saylovlarda ovoz berishga ruxsat berildi. 1966-yilda Maya Janssen prezident etib saylandi va koʻplab yosh ayollarni hattoki sudyalar, politsiya komissarlari, universitet professorlari, arxitektorlarni ham harakatga qoʻshilishga chorladi[3].

1974-yilda Belgiya ayollar milliy kengashi ikkita boʻlimga boʻlinishi toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Biri fransuz tilida soʻzlashuvchilar uchun, ikkinchisi golland tilida soʻzlashuvchilar uchun. 1990-yilda fransuz tilidagi boʻlim nomi Conseil des Femmes Francophones de Belgique (Belgiyaning fransuz tilida soʻzlashuvchi ayollar kengashi) deb oʻzgartirildi[4].

  1. Jacques, Catherine. „Le féminisme en Belgique de la fin du 19e siècle aux années 1970“ (French). Courrier hebdomadaire du CRISP, No 2012-2013 (2009). Qaraldi: 2019-yil 13-fevral.
  2. „Historique“ (French). Conseil des femmes francophones de Belgique (2010-yil 13-avgust). Qaraldi: 2019-yil 14-fevral.
  3. Gourdon, Vincent (2006). „Réseaux des femmes, réseaux de femmes. Le cas du témoignage au mariage civil au xixe siècle dans les pays héritiers du Code Napoléon (France, Pays-Bas, Belgique)“. Annales de démographie historique. 112-jild, № 2. 33-bet. doi:10.3917/adh.112.0033. ISSN 0066-2062.
  4. Gourdon, Vincent (2006). „Réseaux des femmes, réseaux de femmes. Le cas du témoignage au mariage civil au xixe siècle dans les pays héritiers du Code Napoléon (France, Pays-Bas, Belgique)“. Annales de démographie historique. 112-jild, № 2. 33-bet. doi:10.3917/adh.112.0033. ISSN 0066-2062.