Belém do Pará konvensiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ayollarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish toʻgʻrisidagi Amerikada ishlab chiqilgan ushbu konvensiya Belém do Pará Konvensiyasi nomi bilan tanilgan. Amerika aro „Ayollar Komissiyasi“ tomonidan qabul qilingan inson huquqlari boʻyicha xalqaro hujjatdir. (CIM) Amerika Davlatlari Tashkilotining (OAS) 1994-yil 9-iyun kuni Braziliyaning Belém do Pará shahrida boʻlib oʻtgan konferentsiyasida qabul qilingan[1]. Ishtirokchi-davlatlarning Konvensiyaga rioya etishini taʼminlash uchun Kuzatuv Mexanizmi (MESECVI) agentligi tashkil etilgan[2].

Maʼlumoti va ishlash prinsipi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yillarning oxirlarida Salvador, Gaiti, Peru va Lotin Amerikasi boʻylab hukumat aʼzolarining ayollardan turli yomon maqsadlarda foydalanishi aniq boʻldi. Shu bilan birga oiladagi zoʻravonlikka oid muommolar va ayollarning boshqa jamiyat orasidagi muommolari ommaviy munozarada birinchi oʻringa qoʻyildi[3]. Demokratlashtirishning uchinchi toʻlqini (1978–1995) davrida koʻpchilik harbiy diktaturalar Lotin Amerikasi boʻylab sodir boʻlayotganligi sababli, ayollar oʻzlarining fuqarolik hukumatlariga Braziliyadan Chiligacha, Chilidan Meksikagacha boʻlgan ayollarga nisbatan tizimli zoʻravonlikka qarshi kurashish uchun bosim oʻtkaza boshladilar[3].

1988-yilda Amerikada „Xotin-qizlar Komissiyasi“ bosim oʻtkazish uchun xalqaro meʼyorlarni yaratish modeliga amal qildi[3]. Shu maqsadda komissiya ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qaratilgan „Amerika konvensiya“ loyihasini ishlab chiqdi va 1990-yilda maxsus maslahat yigʻilishini belgiladi. 1990-yilda ayollarning zoʻravonlik boʻyicha Amerikada bunday turdagi birinchi diplomatik yigʻilishi boʻldi[1]. Yigʻilishda ishtirokchilar ayollar oʻrtasidagi zoʻravonlik masalasini baholadilar[4]. Keyin esa konvensiya taklifi ishlab chiqilayotganda muammolarni oydinlashtirishga yordam berish uchun hukumatlararo ekspertlar yigʻilishini tashkil etdilar. Yakuniy hujjat 1994-yildagi Belém do Pará Konventsiyasi nomi bilan tanilgan boʻlib, ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qaratilgan birinchi shartnoma boʻldi. U 1994-yil aprel oyida CIM delegatlarining maxsus assambleyasida taqdim etildi. Ular uni maʼqulladilar va uni OAS Bosh Assambleyasiga taqdim etishni maʼqulladilar. U 1994-yil 9-iyun kuni Braziliyaning Belém do Pará shahrida qabul qilingan va OASga aʼzo 34 davlatdan 32 tasi tomonidan maʼqullangan[5].

CIM delegatlari butun Amerika qitʼasida ayollarni qoʻllab quvvatlash va himoya qilishga taʼsir koʻrsatadigan xalqaro kelishuvga qarshi chiqishda davom etdilar. 1998-yilda ular Santo-Domingo deklaratsiyasini qabul qildilar. Unda ayollarning ajralmas huquqlari butun umri davomida mavjud boʻlib, „umumiy inson huquqlarining ajralmas qismi“ ekanligini tan oldilar[6].

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shartnoma Amerika Davlatlari Tashkilotining toʻrtta rasmiy tillarida yozilgan boʻlib, 25-moddaga muvofiq har bir modda bir xilda haqiqiy hisoblanadi. U birinchi marta ayollarning jismoniy, jinsiy va psixologik daxlsizligiga qarshi zoʻravonlik fenomeniga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega boʻlgan ayollar huquqlarini himoya qilish va muhofaza qilishning majburiy mexanizmlarini yaratishga chaqiradi va bu huquqlarni jamiyat ichida himoya qilishni talab qiladi[7][8].

Ishtirokchi davlatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil mart oyi holatiga koʻra, Amerika Davlatlari Tashkilotiga aʼzo boʻlgan 34 yoki 35 ta davlatdan 32 tasi Belém do Pará konvensiyasini imzoladi, ratifikatsiya qildi yoki unga qoʻshildi. Ushbu roʻyxatda faqat Kanada, Kuba va AQShda yoʻq.[8][9]

Kuzatuv mexanizmi (MESECVI)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishtirokchi-davlatlar tomonidan Konvensiya majburiyatlariga rioya etilishini samarali nazorat qilish uchun ishtirokchi-davlatlar 2004-yil 26-oktyabrda Belém do Pará Konvensiyasiga rioya qilish mexanizmi deb nomlangan MESECVI agentlikni yaratdilar. MESECVI ikki organdan iborat: Ishtirokchi-davlatlar Konferensiyasi va Ekspertlar Qoʻmitasi.

Ishtirokchi-davlatlar konferensiyasi siyosiy organ boʻlib, har bir ishtirokchi-davlat tomonidan taqdim etilgan mamlakat hisobotlarini oʻrganadi va ekspertlar qoʻmitasini nazorat qiladi. Ekspertlar qoʻmitasi texnik organ boʻlib, ishtirokchi-davlatlar konferentsiyasiga tavsiyalar va yoʻriqnomalarni taqdim etadi. U ishtirokchi-davlatlar tomonidan tayinlanadigan shaxsiy xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislardan iborat[2]. MESECVI shtab-kvartirasi Vashingtondagi CIM Ijroiya Kotibiyatida joylashgan[3].

Tasiri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professor Rashida Manju va professor Jeki Jonsning fikricha, Belém do Pará konvensiyasi „Amerikalararo inson huquqlari“ tizimini mukammal emas, balki ayollarga nisbatan zoʻravonlik konteksti dunyodagi eng rivojlangan va samarali inson huquqlari tizimiga aylantirishga katta hissa qoʻshdi. Konvensiya Amerikalararo Komissiya va QQQS kontekstida Inson huquqlari boʻyicha Amerika konventsiyasi va boshqa Amerikalararo inson huquqlari hujjatlari normalarini yanada aniqlashtirish va oʻziga xosligini berishga yordam berdi[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Persadie, Natalie. A critical analysis of the efficacy of law as a tool to achieve gender equality. Lanham, Md.: University Press of America, 2012 — 199 bet. ISBN 978-0-761-85809-6. 
  2. 2,0 2,1 „Basic Documents of the MESECVI“. CIM website. Organization of American States (2008). Qaraldi: 2020-yil 20-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Gender politics in global governance. Lanham [u.a.]: Rowman & Littlefield, 1999 — 65–66 bet. ISBN 978-0-847-69161-6. 
  4. „Inter-American Convention on the Prevention, Punishment, and Eradication of Violence Against Women - 1994“. Organization of American States. Inter-American Commission of Women. Qaraldi: 2015-yil 16-iyul.
  5. „Inter-American Program on the Promotion of Women's Human Rights and Gender Equity and Equality“. Organization of American States 1–7. Inter-American Program on Women. Qaraldi: 2015-yil 13-iyul.
  6. „About the Belém do Pará Convention“. CIM website. Organization of American States. Qaraldi: 2020-yil 12-mart.
  7. Manjoo & Jones (2012), p. 151.
  8. „Status of signatures and ratifications (Convention of Belém do Pará)“. CIM website. Organization of American States. Qaraldi: 2020-yil 14-mart.
  9. Manjoo, Rashida; Jones, Jackie. The Legal Protection of Women From Violence: Normative Gaps in International Law. Abingdon: Routledge, 2018. ISBN 9781351732833.