Behzod Abduraimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Behzod Abduraimov
Umumiy maʼlumot
Tugʻilishi 11-sentabr 1990-yil (1990-09-11) (31 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston[1]
Janr western classical music
Amplua pianist

Behzod Abduraimov (1990-yil 11-sentyabrda[2] Toshkent shahrida tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik pianist. London xalqaro pianino musobaqasi Arxivlandi 2009-04-22 Wayback Machine saytida. va boshqa bir necha xalqaro pianino musobaqalari gʻolibi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Behzod 1990-yil 11-sentabr Toshkent shahrida tugʻilgan, pianinoda chalishni besh yoshida boshlagan.[3] Ilk musiqiy bilimlarini Toshkentdagi Uspenskiy nomli Respublika maxsus musiqa maktabida Tamara Popovichdan olgan. 8 yoshidan boshlab Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri jamoasida AQSh, Italiya, Rossiya va Oʻzbekiston sahnalarida yakkaxon musiqalar ijro etgan. Hozir u AQShning Park universiteti da musiqa yoʻnalishi boʻyicha tahsil olmoqda.

Xalqaro musobaqalardagi ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • "XXI asr musiqachisi" musobaqasida 3-oʻrin. (Qozogʻiston, 2000-y.)[4]
  • Chaykovskiy xalqaro musobaqasida diplom (Syamin sh. Xitoy. 2002-y.)
  • "Le Muze" musobaqasida 1-oʻrin va grand pri sovrini. (Italiya, 2003-y.)
  • Lennox yosh artistlar musobaqasi va Corpus Christi. (AQSh, 2008-y.)
  • Janubiy Missuri xalqaro pianino musobaqasining yosh ijrochilar bo`limida 1-o`rin. (AQSh, 2008-y.)[5]
  • London xalqaro pianino musobaqasida 1-oʻrin. (London, Angliya, 2009-y.)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]