Begdili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Begdili qabilasi
Begdili بَكْتِلى

Begdili qabilasining ramzi.
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni
Turkmaniston
Turkiya
Ozarboyjon
Suriya
Eron
Til Turkman
Dini Islom
Tegishli Oʻgʻuz qabilasi

Begdili qabilasi (shuningdek, Bekdili, Bekdili yoki Bigdeli; Oʻrta turkiy tilda: بَكْتِلى Begtili; turkmancha: Begdili taýpasy; Turkcha: Beğdili boyu; Ozarboyjoncha: Bəydili boyu) — Oʻgʻuz xon dostonida keltirilgan Oʻgʻuzlarning 24 qabilalaridan biri va Mahmud Qoshgʻariyning Devoni Lugʻati turk asarida nomi kechgan 22 oʻgʻuz qabilasining yettinchisi. Ramzi shaklida boʻlgan.

Bozoklarga mansub boʻlgan Begdili qabilasi manbalarda Beydili shaklida ham qayd etilgan. Bundan tashqari manbalarda Bagdili, Begdilu, Begdilli, Begdillu shaklida ham uchraydi. Begdili urugʻuning oʻngoʻni oltin burgutdir. Shimoliy va oʻrta Onadoʻlu hududlarida Begdili nomli koʻplab joy nomlari mavjud. Shuningdek, hozirgi vaqtda Ozarboyjon hududida Begdili hamda Begdilli shaklidagi ikkita joy nomi bor. Shimoli-sharqiy Eronning Astrobodida Atrak va Rude Gorgan daryolari orasida Goʻklang Begdili (Čāqū Beğdili shaklida ham uchraydi) nomli joy nomi ham bor. Bularga qarindosh oʻlaroq Pank, Aman-Koja (Aman-Ḵōja), Boran (Borān) va Kareshmaz (Qarešmaz) nomlari berilgan. Pierre Oberlingning maʼlumot berishicha, janubiy Erondagi ikki kichik Bigdeli qabilasi Qashgʻaylar birligidagi Kashkuli (Keshkoʻlli) qabilasiga oiddir.

Begdili qabilasi Saljuqiylar sulolasi bilan birga V va XI asrlar orasida Eron hamda Onadoʻli egallanishida katta rol oʻynaydi. Boshqa qismi boʻlsa VII-XIII asrlar orasida Moʻgʻullar istilosidan qochib, katta qiyinchilik bilan Suriya hududlariga kirib kelgan va Mamluklar bilan kuchlarini birlashtirishga muvaffaq boʻlganlar. Xorazmshohlar nomi ostida 1077-yildan 1231-yilga qadar Oʻrta Osiyoning keng hududlarini boshqargan Anushteginiylar Begdili urugʻidan chiqqan suloladir. Moʻgʻullarni Ayn Jolut jangida yengan Mamluklar sultoni Qutus ham aslida Begdili qabilasiga mansubdir. Begdili qabilasi Suriyaning janubi va sharqiy Onadoʻlu hududlarida tashkil topgan Oqqoʻyunli va Safaviylar davlati qurilishida muhim ahamiyatga ega boʻlganlar. Mashhur tarixchi Yusuf Halaçoğluning keltirib oʻtishicha, Hazar xoqonligiga ham aslida Begdili urugʻi asos solgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqa Oʻgʻuz qabilalarida boʻlgani kabi manbalarda XIV asrga qadar Begdili nomi unchalik ham koʻp uchramaydi. Biroq bu qabilaning asos qismi Saljuqiylar davlatining qurilishida va Onadoʻluning qoʻlga kiritilishida katta rol oʻynagani aniq. Saljuqiylar yurishlarida ishtirok etmagan qabila aʼzolari O'zbekistonda sulton Sanjarni magʻlub etgan oʻgʻuzlar tarkibida boʻlib, bu hududlar aholisining etnik shakllanishida ishtirok etganlar. Mogʻullar istilsi davrida ularning bir qismi Ozarboyjon va sharqiy Onadoʻluga, keyinchalik esa Suriyaga koʻchib oʻtishgan.  Suriyadagi Begdililar Bozok qoʻlining asosiy qabilalaridan biriga aylangan. Ulardan bir qismi Eronga borib Safaviylar davlatining vujudga kelishida muhim ahamiyat kasb etganlar. Yana boshqa qismi Yeni Il va Halab o'zbeklarni ichida va Ich Il atroflariga borib oʻrnashganlar.