Oʻngoʻn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻngoʻn, oʻngʻoʻn, uygʻun, ongon — totem. Qadimda turkiymoʻgʻul xalqlari nazarida qabilaga asos boʻlgan va muqaddas hisoblangan hayvon yoki oʻsimlik. Mas, oʻgʻuzlarda islomiyat davrida ham totemizm qoldiqlari saqlangan. Har bir urugʻ bironbir qushni oʻzi uchun muqaddas sanagan, urugʻ aʼzolari bu qushga tegishmagan, uning goʻshtini yeyishmagan. Bunday totemni ifodalash uchun Oʻ. atamasi qoʻllanilgan. Bundan tashqari, umumiy ziyofatlar paytida muayyan urugʻ goʻshtning qaysi qismini olish huquqiga egaligi ham belgilab qoʻyilgan. Oʻ.lar va goʻsht qismlari Oʻgʻuzxon farzandlari soniga koʻra, 6 xil qilib farqlangan (yana q. Tamgʻa).