Kontent qismiga oʻtish

Başakşehir Çam ve Sakura shahar shifoxonasi'''

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Başakşehir Çam ve Sakura shahar shifoxonasi, shuningdek, Başakşehir shahar shifoxonasi nomi bilan ham tanilgan va Istanbulning Başakşehir tumanida joylashgan shahar shifoxonasidir[1].

Umumiy ma'lumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Başakşehir Çam ve Sakura shahar shifoxonasi
Fayl:Başakşehir Çam ve Sakura Şehir Hastanesi logo.svg
Joylashuvi Istanbul Başakşehir Mahallasi
Vebsayti camsakurasehir.saglik.gov.tr


Başakşehir Çam va Sakura shahar shifoxonasi Turkiyaning uchinchi yirik shifoxonasidir. Shifoxona davlat-xususiy sheriklik modeli bo‘yicha qurilgan. Bu loyiha qiymati 1,5 milliard AQSh dollarga teng bo‘lgan. Kasalxona qurilishi 2016-yilda boshlanib 2020-yilda tugallangan. Kasalxonaning birinchi bo‘limi 2020-yilning 20-aprelida faqat COVID-19 bemorlarini davolash uchun foydalanishga topshirilgan. 21-may kuni shifoxonaning ochilishi bo‘lib o‘tgan va unda Turkiya prezidenti Recep Tayyip Erdoğan va Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Kocalar ham ishtirok etishgan. Shuningdek, marosimda, Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe videokonferensiya orqali ishtirok etgan[2].


Shifoxonaning umumiy maydoni 1 021 000 m2 bo‘lib, shundan 171000m2 maydonga qarag‘ay va sakura daraxtlari ekilgan. Başakşehir Çam ve Sakura shahar shifoxonasi 2 ming 68 seysmik izolyatorga egaligi bilan dunyodagi eng katta zilzila izolyatoriga ega bino hisoblaniladi[3]. Seysmik izolyatorlarining ko‘pligi sabab shifoxona hatto zilzila paytida ham bemorlarga xizmat ko‘rsata oladi. Building Design+Construction jurnaliga ko‘ra, shifoxona ochilish vaqtida dunyodagi eng katta poldan izolyatsiya qilingan bino bo‘lgan.

Kasalxona asosiy bino va 6 blokdan iborat. Shuningdek, shifoxona, 3 ta vertolyot qo‘nish maydonchalari va 8134 ta avtomobil sig‘imli avtoturargohga ham ega. Başakşehir Çam va Sakura shahar shifoxonasida 2682 yotoq o‘rinlari mavjud. Bundan tashqari, Cham Sakura shahar kasalxonasida 28 ta tug‘ruq xonasi, 90 ta operatsiya xonasi, 16 o‘rinli kuyish markazi va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va kattalar uchun jami 426 ta o‘rinli intensiv terapiya bo‘limi mavjud. Har kuni 32,7 ming bemorga xizmat ko‘rsata oladigan shifoxonada qariyb 4300 nafar tibbiyot xodimi, 4050 nafar xizmat ko‘rsatuvchi va 810 nafar boshqaruv xodimi ishlaydi[4].

Yotoq sigʻimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Boʻlimlar Yotoq oʻrinlari
Asosiy Boʻlimi 469
Yurak Qon-Tomir Kasalliklari Boʻlimi 327
Nevrologiya ve Ortopedi Boʻlim 311
Pediatriya Boʻlimi 521
Ginekologiya Boʻlimi 359
Onkologiya Boʻlimi 367
Psixiatriya Boʻlimi 128
Fizioterapiya ve Reabilitatsiya Boʻlimi 200
Jami 2,682

Joylashuv va transport

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Başakşehir Çam va Sakura shahar shifoxonasi Istanbulning Başakşehir tumanidagi Olimpiya bulvarida joylashgan. Kasalxonaga shaxsiy transport, mikroavtobus va metro yordamida borish mumkin. Metroning shahar kasalxonasi stansiyasi shifoxonaning ichida joylashgan.

Dunyoning eng katta seysmik izolyatsiyalangan binosi bo‘lgan Başakşehir Çam va Sakura shahar shifoxonasi 2022 Xalqaro ko‘chmas mulk yarmarkasida “eng yaxshi sog‘liqni saqlash majmuasi” mukofotini qo‘lga kiritdi[5].

Shifoxona sayti

  1. „Rönesans Holding ve Sojitz işbirliği“. Rönesans Holding. 14-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  2. „Başakşehir Şehir Hastanesi açılıyor“. Sözcü. 23-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  3. „Sağlığın merkez üssü, “Başakşehir Çam ve Sakura Şehir Hastanesi” açıldı“. Rönesans Holding. 14-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  4. „Başakşehir Çam ve Sakura Şehir Hastanesi hakkında neler biliniyor?“. www.bbc.com. BBC News. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  5. Aman, Hakan „Başakşehir Çam ve Sakura Şehir Hastanesi'ne MIPIM'den ödül“. emlakpencerem.com. 25-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.