Baybak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baybak, choʻl sugʻuri (Marmota bobac) — sugʻurlar urugʻiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tiyinsimonlar oilasiga kiradi. Tanasining uz. 60 sm gacha, dumi 15 sm gacha, ogʻirligi 6,5 kg gacha. Rossiya, Ukraina va Shimoliy Qozogʻiston choʻllarida tarqalgan. Tuproqda qazilgan inlarida oila boʻlib yashaydi. Ertalab va kechqurun faol hayot kechiradi. Qishda 6 oy uyquga ketadi. Soni kamayib ketganligi tufayli muhofaza qilinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil