Baxtiyor Karimov
Baxtiyor Karimov | |
---|---|
Tavalludi |
30-mart 1949-yil Beruniy tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | faylasuf |
Sohasi | falsafa |
Ish joylari | Tashkent davlat texnika universiteti |
Taʼlimi |
Toshkent davlat universiteti Ural universiteti Toshkent xalq xoʻjaligi instituti |
Ilmiy darajasi | falsafa fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Baxtiyor Rahmonovich Karimov (1949-yil 30-mart, Beruniy tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, faylasuf, falsafa fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baxtiyor Karimov 1949-yil 30-mart Beruniy tumanining Beruniy shahrida tugʻilgan[1][2][3]. 1966—1971-yillarda Toshkent davlat universitetida „nazariy fizika“ ixtisosligi boʻyicha oʻqigan[4]. 1971—1974-yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi institutida aspirant, 1974—1979-yillarda Yadro fizikasi institutida kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1975—1980-yillarda Yekaterinburg shahridagi Ural universitetining falsafa fakultetida sirtdan oʻqigan[3]. 1979—1984-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Falsafa va huquq institutida kichik ilmiy xodim, 1984—1991-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim, 1984—1990-yillarda Toshkent davlat universiteti falsafa kafedrasining katta oʻqituvchisi, 1984—1990-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi institutida mehnat iqtisodiyoti ixtisosligi boʻyicha sirtdan oʻqigan. 1991—1995-yillarda Toshkent davlat universiteti qoshidagi Malaka oshirish instituti falsafa kafedrasining professori vazifasini bajaruvchi, 1991—1992-yillarda Falsafa va huquq institutida Fan va texnika falsafiy masalalari boʻlimi boshligʻi, 1992—1994-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasining ijtimoiy va gumanitar fanlar boʻlimi boshligʻi, 1994—1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasida ijtimoiy gumanitar fanlar boʻlimida bosh mutaxasis, 1994—1996-yillarda Fanlar Akademiyasining ilmiy-oʻquv markazida direktor oʻrinbosari, ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha taʼlim kompleksining rahbari, 1996-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasining falsafa kafedrasi boshligʻi, 1996—1999-yillarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ilmiy-tadqiqot boʻlimi boshligʻi, 1999—2001 yillarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi „Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti“ kafedrasi boshligʻi, 2001—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintakalararo tadqiqotlar institutida boʻlim boshligʻi, 2005—2007-yillarda Fanlar Akademiyasining ilmiy-oʻquv markazida falsafa kafedrasining mudiri, 2007—2008-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida falsafa kafedrasi professori, 2007—2012-yillarda Fanlar akademiyasining Falsafa va huquq institutida etakchi ilmiy xodim, 2013—2014-yillarda Imom Buxoriy xalqaro markazining „Imom al-Buxoriy saboqlari“ jurnalining bosh muharriri oʻrinbosari lavozimida ishlagan[1]. 2012-yildan Oʻzbekiston milliy universiteti Falsafa fakulteti qoshidagi Falsafiy tadqiqotlar oʻquv-ilmiy kompleksi yetakchi ilmiy xodimi, 2013-yildan Tashkent davlat texnika universitetining professori, 2007-yildan Oʻzbekiston Respublikasi baynalmilal madaniyat markazi qoshidagi Jamoatchilik kengashining aʼzosi[4][1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1995—1998-yillarda Oliy Attestatsiya komissiyasida falsafa, huquq va tarix boʻyicha ekspert kengashi raisi, shu bilan birga Oliy Attestatsiya komissiyasi Ilmiy kengashi aʼzosi. 1995-yildan Fan va texnika davlat qoʻmitasida ijtimoiy gumanitar fanlar boʻyicha ekspert kengash aʼzosi, 1996-yildan boshlab ushbu ekspert kenegash ilmiy kotibi, 1997—1998-yillarda Fan va texnikadavlat qoʻmitasida falsafa, huquq, sotsiologiya va pedagogika boʻyicha ekspert kengash raisining oʻrinbosari, 1994—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti qoshidagi siyosiy fanlar nomzodi, doktori ilmiy darajalarini beruvchi ixtisoslashgan kengash aʼzosi, 1993—2012-yillarda Yoqutiston davlat universitetidagi falsafa fanlari kandidati va doktori ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengash aʼzosi, 1999—2009-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Falsafa va huquq instituti qoshidagi falsafa fanlari nomzodi, doktori ilmiy darajalarini beruvchi ihtisoslashgan kengash aʼzosi, 2009—2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasida Falsafa, huquq va tarix boʻyicha ekspert kengashi aʼzosi, 2013-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnologiyalar boʻyicha davlat kommissiyasining eksperti, 2013-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash raisi oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 2006—2010-yillarda — „Miras“ universitetining (Chimkent) Turkologik tadqiqotlar markazi direktori, 2007—2013-yillarda Butundunyo turk xalqlari Assambleyasi huzuridagi Oʻrtaturk tili xalqaro instituti direktori[1]. 2008-yili Oltoyshunoslik va turkshunoslik xalqaro markazi (Qozogʻiston) Prezidiumining Faxriy aʼzosiligiga saylangan. 2008-yili Qozogʻiston Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi tomonidan „Qozogʻistonda fan rivojiga hissasi uchun“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. 2013-yili Turon akademiyasi akademigiligiga saylandi. 21 tilda chop etilgan 750 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 1983-yili „Abstraktlikdan konkretlikka koʻtarilishda dialektika, mantiq va bilish nazariyasi birligi“ mavzusida nomzodlik, 1990-yili „Abstraktlikdan konkretlikka koʻtarilish usulida obyektivlik va subyektivlik dialektikasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan[2][3]. 1991-yil katta ilmiy xodim, 1995-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 2000-yil fevralida BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi huzurida umumiy konsultativ maqomga ega Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining akademigi etib saylandi[2]. 2001-yilda Angliyaning Kembridj universitetidagi Xalqaro biografik markaz Baxtiyor Karimovni „XX asrda tilshunoslikda erishgan yuksak yutuqlari uchun“ sertifikati bilan taqdirladi. 2002-yili Amerika Biografik institutining konsultantlar kengashi aʼzosi etib saylandi[1]. 2002-yili Baxtiyor Karimov haqidagi maqolani Xalqaro biografik markaz (Kembrij, Angliya) oʻzi tomonidan nashr qilinadigan „XX asrning 2000 taniqli intellektuallari“ kitobiga kiritdi[4].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „БАХТИЁР РАҲМАНОВИЧ КАРИМОВ Биобиблиография“ 147 (2014). 2023-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Бахтияр Рахманович КАРИМОВ“.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Каримов, Бахтияр Рахманович“.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev respublikadagi milliy madaniy markazlarning bir guruh faollarini mukofotlash to‘g‘risida farmonni imzoladi“ (2017-yil 24-iyul).