Barbara Cartland

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Dame Meri Barbara Hamilton Kartlend, DBE , DStJ (1901-yil 9-iyul – 2000-yil 21-may) Barbara Kartlend nomi bilan ijod qilgan ingliz yozuvchisi, zamonaviy va tarixiy sevgi romanlarning sermahsul nashriyotchisi sifatida tanilgan, asardagi voqealarda asosan Viktoriya yoki Edvard davri tasvirlangan.

Kartlend o'zining zamondoshi yozuvchi Agata Kristi bilan 20-:asrda butun dunyo bo'ylab kitoblarning sotilish tomonidan birinchi o'rinda turadigan mualliflaridan biri hisoblanishadi.

Uning ko'pgina romanlari ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etilgan,"Yuraklar xavfi" va "Yuraklar jangi romanlari film sifatida ekran yuzini ko'rgan.[1]

Uning ingliz tilidagi romanlari koʻplab tillarga tarjima qilingan va Kartlend dunyo boʻylab eng koʻp tarjima qilingan beshinchi muallifdir[2] uning 723 ga yaqin romani[3] roman yozgan va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Kartend bir yilda nashr etilgan romanlarning eng ko'p soni uchun ham Giness rekordlar kitobiga kiritilgan (1977).[4]

Garchi u o'zining romantik asarlari bilan mashhur bo'lsa-da, u biografiyalar, spektakllar, pyesalar ,musiqa, she'rlar, dramalar, operalar va bir nechta sog'liqni saqlash va oshpazlik retseptlari kitoblarini ham yozgan. Shuningdek, u televizor tomoshabinlari va gazeta jurnallar uchun intervyular berib borgan.[5]

Xabarlarga ko'ra, u o'z kitoblarining 750 million nusxada[5] sotgan, ammo boshqa manbalar uning umumiy sotilgan kitoblari sonini ikki milliarddan ortiq deb hisoblashadi.[6] Uning romanlarining muqovalarida odatda Frensis Marshall (1901 – 1980) tomonidan yaratilgan portret uslubidagi rasmlar bilan bezalgan.[7]

Kartlend , shuningdek, Cartland Promotions kompaniyasining boshqaruvchisi bo'lgan ishbilarmon xonim edi. U Londonning eng taniqli jamiyat arboblaridan biri hisoblangan. Ko'pincha pushti shifon ko'ylakda, to'q rangli shlyapa, sariq parik va proffesional pardoz bilan Britaniyaning eng mashhur ommaviy axborot vositalari yulduziga aylandi.[5]

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birmingem, Edgbaston, 31-avgustda Roadda tug'ilgan, Kartlend Britaniya armiyasi ofitseri mayor Jeyms Bertram "Bertie" Folkner Kartlend[8] (1876–1918) va uning rafiqasi Meri Hamilton Skobellning to'ng'ich farzandi va yagona qizi edi., "Polly" nomi bilan tanilgan (1877–1976). Kartlandning ikkita ukasi bor edi: mayor Ronald Kartlend, Ikkinchi Jahon urushida (1907-1940) armiya mayori bo'lib xizmat qilgan parlament a'zosi (deputat) va Jeyms Entoni Gamilton Kartlend "Toni''(1912-1940). Ikkalasi ham Flandriyadagi urush paytida halok bo'lishgan.

Garchi u yuqori sinf qulayligida tug'ilgan bo'lsa-da, Kartlandlar oilasining moliyaviy ahvoli uning tug'ilishidan ko'p o'tmay yomonlashgan. Keyinchalik Kartlend bu pasayishni otasi tomonidan bobosi Jeyms Kartlendning joniga qasd qilishi bilan bog'laydi, uning so'zlariga ko'ra, bobosi bankrotlikdan keyin o'zini otib o'ldirgan u moliyachi edi.[5] Biroq, probate reestridagi yozuvga ko'ra, Jeyms Kartlend, mis quyish kompaniyasining egasi Jeyms Kartland & Son Ltd 92,000 funt sterlinglik mulkni qoldirib vafot etgan , Barbara Kartlendning voqealar versiyasi ma'lum darajada yolg'on ekanligini ko'rsatadi. 

Ko'p o'tmay, birinchi jahon urushida uning otasi Berri-o-Bakda vafot etdi. Kartlendning onasi kun kechirish Barbara va uning ikki ukasini boqish uchun Londonda quruq mahsulotlar doʻkonini ochdi, ukalarining ikkalasi ham 1940 -yilda jangda halok boʻldi[9]

Kartlend xususiy qizlar maktablarida ta'lim olgan: Elis Ottley maktabi, Malvern qizlar kolleji va Xempshirdagi Abbey House ta'lim muassasasi. U 1922-yildan keyin jamiyat muxbiri va romantik fantastika yozuvchisi sifatida muvaffaqiyat qozondi. U o'zining dastlabki romani uchun Edvardlik yozuvchi Elinor Glinning romanlaridan ilhomlanganini va u bilan do'stlashganini aytdi.

Barbara Kartlend 1925-yil

The Daily Telegraph nashrida e'lon qilingan ma'lumotga ko'ra,[5] Kartlend jinsiy aloqa haqida bilgach, soqchilar zobiti bilan birinchi nikohini buzgan. Bu da'vo uning keyingi hayotida bunday masalalar hech qachon muhokama qilinmagan avlod vakili sifatidagi tashqi ko'rinishiga mos kelardi, lekin u 1920-yillarda jinsiy mavzuda asar yaratganidan ko'ngli bo'lib bezovta o'tirardi. U 1927-yil 23-aprelda Shotlandiyadan boʻlgan Britaniya armiyasi ofitseri va katta boylik egasi kapitan Aleksandr “Sachi” Jorj Makkorkodeylga turmushga chiqishidan oldin 49 ta nikoh taklifini[10] rad etganini aytgan. Ular kapitan bilan 1933-yilda ajrashishdi,  va u 1964-yilda yurak yetishmovchiligidan vafot etdi[5]

Ularning qizi Reyn Makkorkodeyl (1929-yil 9-sentabr - 2016-yil 21-oktabr), keyinchalik Kartlend Sazerlendning 5-gersogi Jorj Sazerlend-Leveson- Guerning Kent gertsogi shahzoda Jorjning qizi bo'lgan. 1933-yilda McCorquodales xiyonat qilganlikda va boshqa ayblovlarni o'z ichiga olgan mojaroli ajrimidan so'ng, Kartland 1936-yil 28-dekabrda sobiq erining amakivachchasi Xyu Makkorkodeylga turmushga chiqqan. Xyu Makkordeyl 1963-yilda vafot etgan. Ikkinchi eridan Kartlendning ikki nafar o'g'li bor edi: Ivan McCorquodale (1937-yil 11-oktabrda tug'ilgan), sobiq Debretts nashriyotchisi va Glen McCorquodale (1939-yilda tug'ilgan), birja brokeri.[9][5]

Barbara Kartlend birma lordi Mauntbatten bilan ko'p vaqt do'stlikni saqlab qolgan , uning 1979-yildagi vafoti "hayotidagi eng katta yo'qotish " ekanligini aytgan. Mountbatten Kartlendni o'zining turli xayriya ishlariga , xususan, Birlashgan Jahon kollejlarida jalb etgan va hatto unga " Rossiyadagi muhabbat '' kitobini yozishda yordam berdi va dengiz haqida tarixiy ma'lumotlarni taqdim etgan. Mountbatten Irlandiyada vafot etganidan so'ng, lord Mountbattenning to'ng'ich jiyani Charlz tomonidan 1980-yilda tashkil etilgan Mountbatten Memorial Trust ushbu kitobdan tushgan mablag'ni qabul qilib oluvchisi bo'lgan. 

Kartland yosh Diana Spenser o'z romanlarini o'qishni yaxshi ko'rishini bilgach, unga romanlarining birinchi chiqqan nusxalarini yuborishni boshladi.[11] Ammo , Diana mehmon sifatida Kartlendni Uels shahzodasi bilan to'yiga taklif qilmadi.[12] Keyinchalik Kartlend Diananing shahzoda bilan ajrashishini ochiq tanqid qildi,lekin ular o'rtasidagi yomon munosabat Diananing 1997-yilda Parijda halokatli avtohalokatidan sal oldin yumshagan edi.  Tina Braunning malika haqidagi biografiyasiga ko'ra, Kartlend bir marta shunday so'zlarni aytgan : "Diana mening kitoblarimni yaxshi ko'rar edi lekin kitoblarim Diana uchun unchalik yaxshi tanlov emas edi". 

Bir yil davomida Daily Express gazetasida mish-mishlar bo'yicha sharhlovchi sifatida ishlagandan so'ng, Kartlend o'zining birinchi romani Jig saw (1923) ni nashr etdi, bu asar eng ko'p sotilgan roman bo'ldi. U, shuningdek, bir oz irqiy kamsitish haqida pyesalar yozdi va nashr etishni boshladi, ulardan biri " Qonli pul" (1926)romani Lord Chemberlen idorasi taqiqlagan. 1920 - 1930-yillarda Kartlend London jamiyatidagi taniqli yosh styuardessa bo'lib, o'zining go'zalligi, kuchli jozibasi va dadil nutqlari bilan ajralib turardi. Uning moda tanlovi ham yutuqlarida muhim rol o'ynadi. U dizayner Norman Xartnelning birinchi raqamli mijozlaridan biri edi. U 1979-yilda vafot etgunga qadar dizaynerga mijoz bo'lib qoldi. U unga taqdimot va to'y liboslarini tikdirardi ikkinchidan Xartnelning xohishiga qarshi o'zining dizayni bo'yicha qilingan liboslarni tikkan va u bu muvaffaqiyatsizl chiqqan u buni tan olgan. 

1950-yilda, o'quvchi Kartlendning dastlabki tarixiy romanlarida yozuvchi Heyer obraz nomlari, xarakter xususiyatlari, dialogi va syujet nuqtalarining yaqqol o'zlashtirilganiga e'tibor qaratdi. Keyin , yozuvchi Jorjet Heyer tomonidan Kartlend plagiatlikda ayblandi. Xususan, A Hazard of Hearts (1949) Xeyerning Juma kuni bolasi (1944) va “Yuraklar zarrasi” (1950) dagi personajlari (shu jumladan ismlarni) aynan takrorlanardi, Heyerning ta'kidlashicha, "kontseptsiya'', asosiy qahramonlar va ko'plab voqealar to'g'ridan-to'g'ri 1926-yilda birinchi marta nashr etilgan " Bu eski soyalar " nomli birinchi kitobimdan olinganini da'vo qiladi. Kichik obrazlar va bosh qahramonlar uchun u mening to'rtta romanimdan foydalangan." Heyer o'z advokatlari uchun da'vo qilingan plagiatlarning batafsil tahlilini yakunladi, ammo ish hech qachon sudgacha bormadi.[13]

O'zlarining kichik hikoyalariga qaramay, Kartlendning keyingi romanlari unga muvaffaqiyat keltirdi. 1983-yilga kelib, u "Kim kim" jurnalidagi eng uzun maqolasini baholadi (garchi bu maqolaning aksariyati uning kitoblari ro'yxati edi) va u Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan dunyodagi kitoblari eng ko'p sotilgan muallif deb topildi.[14] Bundan tashqari, 1976-yilda Kartlend 23 ta roman yozdi bu unga bir yil ichida eng ko'p asar yozgan yozuvchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritdi.[15] 1970 va 1980-yillar uning eng samarali davri bo'ldi u o'sha davrda ham muntazam ravishda televizorda chiqishlar qildi.[16]

2000- yilda nashryotlar hisobotlariga ko'ra, 1923-yilda Kartlendning yozuvchilik faoliyati boshlanganidan buyon Barbaraning jami 723 ta romanni yozib tugatgan. 

1990-yillarning o'rtalarida, u bir milliarddan ortiq kitob sotgan edi, Vogue jurnali Kartlendni "haqiqiy romantika malikasi" deb atadi. U sevgi, nikoh, siyosat, din, sog'liq va moda masalalari bo'yicha o'zining pushti liboslari va shlyapalari bilan mashhur ommaviy axborot vositalarining asosiy nishoniga aylandi. U davlat maktablarida ibodatni olib tashlashga qarshi edi. U xiyonat va ajralishlarga qarshi chiqdi, garchi u bu ikkala mavzu bilan tanishligini tan oldi. 

Aviatsiyaga qo'shgan hissasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy ravishda, Kartlend birinchi parvoz harakati bilan qiziqgan va 1931-yilda 200 milya (360 milya) ni pochta tashuvchi planerda bosib o'tdi. 1984-yilda u ushbu tajribasi uchun Bishop Rayt havo sanoati mukofotiga munosib ko'rildi.[17]

U 1920-30-yillarda Bruklend aerodromi avtomobil poygalarida muntazam qatnashib kelgan va Bruklend muzeyida o'sha davrdagi yashagan xonasini saqlab qolgan va uni uning nomi bilan atagan.

Badiiy bo'lmagan kitoblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kartlend 1964-yilda Metternix: Ehtirosli diplomat, 1956-yilda Shvetsiyalik Kristinaning tarjimai holi, Karl II ning shaxsiy hayoti u sevgan ayollar va Frantsiya qirolichasi Jozefina kabi bir qancha yirik shaxslarning biografiyalarini nashr etgan. Klemens fon Metternixning tarjimai holi uning ko'plab ishqiy sarguzashtlariga bag'ishlangan bo'lib, quyidagi so'zlarni o'z ichiga oladi : "U jasur, tajribali va ehtirosli oshiq edi. Hatto eng tajribali ayollar ham uning qo'llarida o'zlarini ilgari bilmagan narsalarni o'rgangandek his qilishdi. Har bir ayol u bilan birga hissiy ekstaz cho'qqilariga ko'tarilgan, ifoda etish kuchidan tashqarida."[18]

Siyosiy ta'sir[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parlamentning konservativ a'zosi bo'lgan (deputat) akasi Ronald Kartlend Ikkinchi Jahon urushi paytida vafot etganidan keyin , Kartlend uning tarjimai biografiyasini Bosh vazir Uinston Cherchillning so'zlari bilan birga nashr etdi.

Urush paytida turli xayriya ishlarida , shuningdek, Sent-Jon tez tibbiy yordam brigadasida xizmat qilgan Kartlend uchun fuqarolar farovonligi siyosatga qiziqishning boshlanishiga sabab bo'ldi. 1953-yilda u Bukingem saroyiga xizmatlari uchun Quddus Avliyo Ioann ordeni qo'mondoni sifatida mukofot olgan.

1955-yilda Kartlend Xertfordshir okrugi kengashiga[9] konservator sifatida saylangan va toʻqqiz yi okrugda xizmat qilgan. Bu vaqt davomida u qariyalar uyini isloh qilish, doyalarning ish haqini oshirgan va ruminiyaliklar bolalari uchun ta'limni qonuniylashtirish uchun muvaffaqiyatli ishlar olib bordi.

1978-yilda Kartlendning " Muhabbat qo'shiqlari albomi " to'plami Norman Nyuell tomonidan chiqarila boshlagan State Records orqali chiqarildi.[19] Albomda Kartlend Qirollik Filarmonik orkestri bilan bir qator mashhur standartlarni ijro etgan, jumladan, "Men sirli yuragimni kuzatib boraman" va " Berkli maydonida bulbul kuylagan ".[20]

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1988-yil yanvar oyida Barbara Kartlend Fransiyada 25 million dona romanni nashr etgani uchun Parij shahrining eng oliy mukofoti - Médaille de Vermeil de la Ville de Parijga sazovor bo'ldi.

1991-yilda Kartlend qirolicha Yelizaveta II tomonidan adibaning deyarli 70 yillik adabiy, siyosiy va ijtimoiy xizmatlari uchun Britaniya Imperiyasi ordeni (DBE) bilan taqdirlangan.

Madam Tyusso muzeyida Kartlendning mumdan yasalgan haykali ko'rgazmaga qo'yilgan , lekin uning o'g'li Ivanning so'zlariga ko'ra, Kartlend nusxasi "etarli darajada chiroyli" chiqmagan. 

U ikki marta, 1958-yil mart oyida BBC televizion teatrida Eamonn Endryu bilan suratga tushganida, u " Bu sizning hayotingiz" va 1989-yil dekabr oyida, Maykl Aspel uni Elstree Studiosda suratga tushganda hayrat qolgan. 

Keyingi hayotdagi intervyular[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dame Barbara Kartland (98 yoshda), muxbir Rendi Bryan Bigham bilan, o'zining so'nggi reklama fotosuratlaridan birida, 2000-yil

Kartlendning ruhiy salomatligi va jismoniy salomatligi masalan ko'rish qobiliyati 90-yillarning o'rtalarida yomonlasha boshladi. , lekin u hayotining so'nggi oylarida ham xalqaro axborot agentliklariga intervyu bergan , umrining oxirigacha matbuotning sevimlisi bo'lib qoldi. 

O'lim va meros[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kartlend 2000-yil 21-mayda,[21] 99 yoshga kirishiga yetti hafta qolganda , Xetfild yaqinidagi Kemfild Pleys rezidentsiyasida, Xertfordshir shtatida uyqu vaqtida vafot etdi. U bundan olti oy oldin sog'lig'i yomonlashgani tufayli demansdan aziyat chekkan va keyinchalik to'shakka mixlanib qolgan va sekvestr qilingan. U vafot etganida ikkala o'g'li Ivan va Glen Makkorkuodeyl uning yonida edilar. Ko'p o'tmay, Kartlendning birinchi turmushidan bo'lgan qizi Reyn ham oilaviy xilxonadan joy olgan.[22]

U dastlab farishtalar bilan qoplangan marmar konstruktsiyali tobutga dafn etmoqchi bo'lishgan lekin Kartlend atrof-muhit muammolaridan xavotirga tushgani uchun qog'oz tobutga ko'milgan. U Xertfordshir shtatidagi Xetfilddagi shaxsiy mulkida qirolicha Yelizaveta I tomonidan ekilgan eman daraxti ostida dafn etilgan.[23] Kartlend 1,139,123 funt sterling miqdoridagi meros qoldirgan , ammo qarzlar va soliqlardan keyin sof summa nolga teng edi. U bir marta tan olgan edi: "Men pulni nimaga sarflaganimni bilmayman. Gohida “qarzimiz bormi?” deb soʻrayman. Bizda har doim qarz bo'lardi."[23]

O'limdan keyingi nashrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kartlend o'limidan keyin " Barbara Kartlend pushti to'plami " deb nomlanuvchi 160 ta nashr etilmagan romanlar qoralamasini qoldirdi. Bu qoralamalar uning o'g'li Ivan McCorquodale tomonidan elektron kitob formatida nashr etilmoqda to'plamdan olingan romanlar har oy nashr etiladi.[24]

2010-yilda yozuvchi vafotining 10 yilligi munosabati bilan Kartlendning birinchi romani bo'lgan Jig-Saw (birinchi marta 1925-yilda nashrdan chiqqan) qayta nashr etildi.[25]

“ Olmos yubileyi munosabati bilan qirolicha oliyjanoblari hurmati va Barbaraning hamma joyda romantikaga boʻlgan muhabbati uchun noshirlar uning “Abadiy toʻplam” nomli katalog toʻplamini qayta nashr etishdi. 2013-yil noyabr oyida chiqarilgan ushbu toʻplamda 1952-yilda qirolicha Yelizaveta II taxtga oʻtirgan paytda chop etilgan baʼzi romanlarni ham oʻz ichiga oladi[26][27]

Bundan tashqari, uning elektron kitoblari to'plamlari nemis,ispan,fransuz va golland tillarida mavjud.

Ommaviy madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

BBC Four telekanali " Barbaraning oshig'i " (2008-yil 26-oktabr) nomli biografik drama filmini namoyish etgan , unda aktyor Enn Rid Kartlend rolida va Devid Uorner Lord Mauntbatten rolini oʻynagan. Filmning muallifi Jacquetta May.

Uning so'nggi ishi film sifatida suratga olingan va hayotiy hikoya uchun intervyu olinishi kerak edi (rejissor Stiven Glen "Moviy qovun filmlari" uchun). “ Bokira qiz qahramonlar ” hujjatli filmida uy kinosining dastlabki tasvirlari va Dame Barbara 2000-yil boshida kompyuterda bilan oʻz veb-saytini ishga tushirgan[28]

Kartlend " To the Manor Born " filmining beshinchi qismida tilga olingan. U Judi Kayning 2019-yilgi Brodvey nomli “ Diana ” musiqiy filmida ham tasvirlangan.

Arxivlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Barbara Kartlendga tegishli ba'zi yozilgan maqolalari London Iqtisodiyot maktabi kutubxonasidagi Ayollar bo'limida saqlanadi, ref 7BCA

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „BARBARA CARTLAND NOVEL BECOMES FILM“. Los Angeles Times.
  2. [stacker.com/stories/720/49-most-translated-authors-around-world-?page=3 „49 most-translated authors from the world“].
  3. McCorquodale. „Welcome to the romantic world of Barbara Cartland.“. BarbaraCartland.com (2017). — „During her long career, my mother, Barbara Cartland wrote an incredible 723 books, which were translated into 38 languages, making her the most prolific author of the 20th Century.“. 12-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-avgust 2017-yil.
  4. Severo, Richard. „Barbara Cartland, 98, Best-Selling Author Who Prized Old-Fashioned Romance, Dies“, The New York Times (22-may 2000-yil).
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 „Dame Barbara Cartland“, The Daily Telegraph (22-may 2000-yil). Qaraldi: 22-aprel 2013-yil.
  6. „Final Curtain Calls“, CBS News (20-dekabr 2000-yil).
  7. „Today's Inspiration – Francis Marshall“ (7-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2018-yil.
  8. „CARTLAND, JAMES BERTRAM FALKNER“. Commonwealth War Graves Commission.
  9. 9,0 9,1 9,2 „Cartland, Barbara“. Howard Gotlieb Archival Research Center. Boston University. 9-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-aprel 2013-yil.
  10. „Overview“. archives.lse.ac.uk.
  11. Gormley, Beatrice. Diana, Princess of Wales: Young Royalty, 2005.. 
  12. „Sex, lies and cream teas: The colourful life of Barbara Cartland is“. Evening Standard (12-sentabr 2008-yil).
  13. Kloester, Jennifer (2012). Georgette Heyer: Biography of a Bestseller. London: William Heinemann. ISBN 978-0-434-02071-3. pp. 275–79.
  14. SEVERO, RICHARD. „Barbara Cartland, 98, Best-Selling Author Who Prized Old-Fashioned Romance, Dies“, The New York Times (22-may 2000-yil). Qaraldi: 14-iyul 2017-yil.
  15. „Barbara Cartland: One of the Most Prolific Writers“. Kerosi. 4-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-iyul 2017-yil.
  16. Berg, Sanchia. „Thatcher's link to alternative medicine“, BBC News (9-mart 2019-yil).
  17. „Official Website: Life Story“. 18-avgust 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-sentabr 2006-yil.
  18. Barbara Cartland, Metternich: The Passionate Diplomat, London: Hutchinson of London, 1964, p. 43.
  19. „Album of Love Songs (feat. Royal Philharmonic Orchestra)“. iTunes.
  20. „Archived copy“. 9-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-oktabr 2011-yil.
  21. „BBC News | UK | Barbara Cartland dies“. news.bbc.co.uk.
  22. Levin, Angela. „Barbara Cartland: My mum always played the heroine“, Daily Telegraph (19-avgust 2013-yil).
  23. 23,0 23,1 Alexis Parr, Barbara Cartland shock: Author’s stately home at risk – 'It's costing a fortune to run', Daily Express, 14 September 2019
  24. „The Pink Collection“. BarbaraCartland.com. 13-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-may 2012-yil.
  25. Cartland, Barbara. Jig-Saw. Barbara Cartland.com, 4-noyabr 2010-yil.. ISBN 978-1906950200. 
  26. „Newsflash: THE BARBARA CARTLAND ESTATE RELEASES HER GREATEST ROMANCES AS E-BOOKS“. BarbaraCartland.com. 7-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-may 2016-yil.
  27. Cartland, Barbara. Introduction to the Eternal Collection, First, Barbara Cartland.Ebooks ltd, 27-noyabr 2013-yil.. 
  28. Glen, Steven (Director)Virgins and Heroes. Blue Melon Films. 


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]