Baranov astragali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baranov astragali
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak o‘simlik
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Astragal
Oila: Burchoqdoshlar
Binar nomi
Astragalus baranovii

Baranov astragali (lotincha: Astragalus baranovii) – ikki urugʻpallalilar sinfi, burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga kiruvchi koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Chotqol tizmasi, Katta Chimyon togʻi hududida uchraydi[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balandligi 4-6 sm gacha oʻsadigan past boʻyli koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Poyasi juda qisqa, oq tuklar bilan qoplangan, yerbagʻirlab oʻsadi. Poyasining asosiy qismi yer ostida joylashgan. Ildizpoyasi orqali koʻpayadi. Bargi 4-6 juft, oddiy, poyada navbatma-navbat joylashgan, uzunligi 2,5-sm, tuxumsimon yoki yumaloq shaklda, uzunligi 3-6 mm, har ikki tomondan oq tuklar bilan qoplangan. To‘pguli soyabon shaklda. Gullari uzunligi 1,5-2 sm, 4-5 tadan boʻlib toʻpgulda oʻrnashgan. Gultojibarglari och pushti tusda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi quruq dukkak meva. Iyulda gullab mevasi avgustda pishib yetiladi. Dukkagi choʻziq nashtarsimon, uzunligi 10-11 mm, eni 3 mm, yuzasi xurpaygan oq tuklar bilan qoplangan. Urug‘i orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda juda kam tarqalgan. Faqat Toshkent viloyati hududida oʻsadi. Chotqol tizmasi va Katta Chimyon togʻida uchratish mumkin. Togʻlarning yuqori qismida quyosh nuri tik tushmaydigan, ohaktoshli qoya yoriqlarida oʻsadi. Oʻsib turgan yerlarida dam olish maskanlari qurilishi va hududining odamlar tomonidan oʻzlashtirilishi sababli areali qisqarib ketgan. Chotqol biosfera qoʻriqxonasi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Astragalus baranovii Popov“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.