Baqachanoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baqachanoq (Anodonta) — ikki pal-lalilar sinfiga mansub mollyuskalar urugʻi. Plastinka jabralilar turkumi sadafdorlar oilasiga kiradi. Chigʻanogʻining uz. 20 sm gacha. Chigʻanogʻida qulfli tishlar boʻlmasligi tufayli tishsiz de-yiladi. B. Yevropa, Shim. Afrika, Oʻrta Osiyo (jumladan Oʻzbekiston) va Sibirdagi oqmaydigan yoki sekin oqadigan chu-chuk suv havzalarida yashaydi. 50 ga yakin turi maʼlum. Chigʻanogʻi ikkita palladan iborat. Terisi tananing ikki yonida mantiya hosil qiladi, chigʻanogʻi chetida boʻrtib chiqqan naychasimon 2 ta sifoni bor. Suv tana boʻshligʻiga ostki sifondan kirib, ustki sifondan chiqib ketadi. B. suv oqimi orqali nafas oladi va oziqlanadi. Ayrim jinsli, germafrodit turlari ham uchraydi. Tuxumlari jabrasiga yopishib rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi (gloxidiy) sifon chiqarib, baliqdar terisiga yoki jabrasiga yopishib olib parazitlik qiladi. Lichinka suv ostiga tushib voyaga yetadi. Lichinkasi va yosh B.lar baliqlar uchun oziq hisoblanadi. Chigʻanogʻi va goʻshti uy hayvonlariga yem sifatida beriladi. Chigʻanogʻi boshqa sadafdorlarnikiga nisbatan yupqa boʻlganidan sadaf olish uchun foydalanilmaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil