Kontent qismiga oʻtish

Balxash-Olakoʻl soyligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Balxash-Olakoʻl havzasi – Qozogʻistondagi yassi botiq. Dengiz sathidan 340 – 600 m balandlikda joylashgan. Kattagina qismini Balxash koʻli tashkil qiladi. Sharqida Sassiqkoʻl va Olakoʻl koʻllari, janubida Tovqum, Muyinqum, Sarieshikutrov qumli choʻllari bor. Daryo choʻkindilari bilan toʻlgan chuqurlik oʻrnida hosil boʻlgan. Qumliklarning balandligi 30 m gacha. Saksovul, juzgʻun, teresken, shoʻra, shuvoq oʻsadi. Asosan qoʻngʻir choʻldasht va kam karbonatli sur tuproq, shoʻrxok tuproqlardan iborat. Yiliga 135 – 200 mm yogʻin tushadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil