Balxash-Olakoʻl soyligi
Qiyofa
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Balxash-Olakoʻl havzasi — Qozogʻistondagi yassi botiq. Dengiz sathidan 340 — 600 m balandlikda joylashgan boʻlib, kattagina qismini Balxash koʻli tashkil etadi. Sharqida Sassiqkoʻl va Olakoʻl koʻllari mavjud boʻlib, janubida Tovqum, Muyinqum, Sarieshikutrov qumli choʻllari bor. Daryo choʻkindilari bilan toʻlgan chuqurlik oʻrnida hosil boʻlgan. Qumliklarning balandligi 30 m gacha ham boradi. Saksovul, juzgʻun, teresken, shoʻra, shuvoq oʻsimliklarini uchratish mumkin. Asosan, qoʻngʻir choʻldasht va kam karbonatli sur tuproq, shoʻrxok tuproqlardan tashkil topgan. Yiliga 135 — 200 mm yogʻin yogʻadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |