Baligou

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baligou

八里溝
Vodiy
Mamlakat Xitoy

Baligou (maʼnosi: Sakkiz mil vodiysi) Shimoliy Suv Dunyosi nomi bilan ham tanilgan boʻlib, Xitoy Xalq Respublikasi Xenan viloyati Taihang togʻi yonidagi Xinxiang shahrida joylashgan. 2006-yilda Baligou vodiysi Milliy AAAA-darajadagi sayyohlarni jalb qiluvchi hududlar roʻyxatiga kiritilgan[1]. Manzilgoh ekoturizm, dam olish, koʻngilochar mashgʻulotlar hamda tabiiy holatdagi akvakulturani oʻzida jamlagan.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baligou vodiysi Shanxay va Xenan viloyatlari boʻylab choʻzilgan Taihang togʻida, Xinxiang shahridan 50 km, Huixian shahridan 20 km uzoqlikda joylashgan. Uning umumiy manzarali hududi 40 km² ni tashkil qiladi.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baligou vodiysi Peach Bay, Mountain Temple, Sheep State, Hongshi River va One-Line Sky kabi hududlarni oʻz ichiga oladi. Ular birgalikda Baligou vodiysining 5 ta manzarali joylari deb ham tanilgan. Uning yil davomida oqadigan 157 m uzunlik, 5 m kenglikdagi sharsharalari bor. Vodiyning 90%ga yaqin qismi 1700 dan ortiq turdagi oʻsimlik turlarini ichiga olgan oʻrmonlardan tashkil topgan. Yillik oʻrtacha harorat 14 darajani koʻrsatadi, atmosferadagi har kub santimetr uchun 5000 manfiy darajadagi ionlar toʻgʻri keladi va bu holat vodiyni tabiiy kislorod maydoniga aylantiradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bailigou Valley Tourism Website (八里沟旅游网)“ (xitoycha). 7-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2011-yil.