Bakron Muhammad ibn Najib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bakron Muhammad ibn Najib (12-asr oxiri — 13-asr boshi) — geograf va haritashunos. B. gazlamaga chizilgan "Olam shakli" — dunyo haritasini 1209-yilda Muhammad Xorazmshoh Alovuddin ibn Takashga (1200 — 1220-yillarda hukmronlik qilgan) takdim etgan. Haritaning oʻzi yoʻqolgan, ammo oʻsha haritaga ilova qilingan batafsil izohot — "Jahonnoma" qoʻlyozmasi saqlanib qolgan (Osiyo xalqlari instituti qoʻlyozmalar fondi. Sankt-Peterburg, shifr S — 612). "Jahonnoma"dan maʼlum boʻlishicha, harita rangli qilib ishlangan va uning shartli belgilari boʻlgan: shaharlar kichik doirachalar bilan, dengizlar yashil rangda, daryo va soylar och qizil rangda, togʻlar toʻq qizil, choʻl va qumliklar sariq, shimolidagi qorli oʻlkalar oq rangda koʻrsatilgan. Barcha nomlar qizil rangda yozilgan. Haritaga meridian va parallellar ham chizilgan. "Jahonnoma"da 600 ta nomga izoh berilgan. B. dunyo haritasi va izohotni tuzishda oʻzidan oldin shu sohalarda ham tadqiqot oʻtkazgan Abu Rayhon Beruniy, Nosir Hisrav asarlaridan foydalanganini uqtirib oʻtgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil