Kontent qismiga oʻtish

Bahodir Toshmatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bahodir Toshmatov
Tavalludi 1964-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Harbiy
Unvoni General-polkovnik

Bahodir Hamidovich Toshmatov (1964-yil Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan) – oʻzbek harbiy qoʻmondoni va xavfsizlik xizmati xodimi. General-polkovnik harbiy unvoniga ega.

Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini, Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasini, shuningdek, Fargʻona davlat universitetini tamomlagan.

Sovet Armiyasi Turkiston harbiy okrugi qoʻshinlarida turli qoʻmondonlik lavozimlarida va keyinchalik 90-yillar davomida Mudofaa vazirligining rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan. 1999-yildan 2001-yilgacha Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni. 2001—2005-yillarda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni. 2005—2008-yillarda Shimoli-sharqiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni. 2008—2011-yillarda Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari va Bosh shtab boshligʻi[1], soʻngra 2011—2013-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi lavozimlarida ishlagan. 2013—2017-yillarda mudofa vaziri general-polkovnik Qobul Berdiyevning birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan[2]. 2017—2020-yillarda Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi qoʻmondoni boʻlgan[3]. 2018-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan[4]. 2020-yil 22-oktyabrda Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining qurolli kuchlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi[5][6][7].